Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Abdulaziz Komilov Rossiyaning Markaziy Osiyo davlatlaridagi elchilari bilan uchrashdi
14 dekabr kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Andrey Rudenko boshchiligidagi rus diplomatlarini qabul qildi.
Foto: TIV axborot xizmati
Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, uchrashuvda, shuningdek Rossiyaning Qozog‘istondagi Favqulodda va muxtor elchisi Aleksey Borodavkin, Qirg‘izistondagi Elchisi Nikolay Udovichenko, Tojikistondagi elchisi Igor Lyakin-Frolov, O‘zbekistondagi elchisi Oleg Malginovlar ishtirok etgan.
«Suhbat chog‘ida tomonlar mintaqaviy hamkorlikning turli jihatlari bo‘yicha fikr va mulohazalar almashdi, shuningdek, Rossiya va Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan ikki tomonlama hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi. Xavfsizlik masalalari, jumladan, Afg‘onistondagi vaziyatga alohida e’tibor qaratildi», — deyiladi rasmiy relizda.
Rossiya Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, bundan tashqari Andrey Rudenko Markaziy Osiyodagi Rossiya elchilari bilan alohida uchrashuv ham o‘tkazgan. Unda Rossiya prezidenti Vladimir Putin tomonidan rus diplomatik xizmatlari oldiga qo‘yilgan vazifalar muhokama qilingan. Shuningdek, Markaziy Osiyo mintaqasida hozirgi vaziyatning qo‘shni bo‘lgan va mintaqa tashqarisidagi yirik davlatlarga ta’siri tahlil qilingan.
Eslatib o‘tamiz, 13 dekabr kuni Toshkentda O‘zbekiston–AQSh Strategik sheriklik muloqotining ilk yig‘ilishi bo‘lib o‘tgan edi. Hamkorlikning ko‘plab jihatlari ko‘rib chiqilgan muloqotda O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov va AQSh davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo ishlari bo‘yicha yordamchisi Donald Lu boshchiligidagi AQSh delegatsiyasi qatnashgan.
Mavzuga oid
16:17 / 31.01.2026
Rossiya Trampning iltimosiga qaramay Ukrainaga yana zarba berdi
14:27 / 31.01.2026
Kanada Rossiya hududida vizalar berishni to‘xtatdi
14:26 / 31.01.2026
Sirdaryoda pul uchun Rossiya armiyasiga yollangan 60 yoshli shaxs 5 yilga qamaldi
14:09 / 31.01.2026