Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Yashil makon» umummilliy loyihasini amalga oshirishda har bir tashkilotning hissasi bo‘ldi
Joriy yilning 2 noyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida o‘tkazilgan videoselektorda xayrli tashabbus ilgari surildi. Davlat rahbari «Yashil makon» umummilliy loyihasini amalga oshirishni taklif qildi.
Foto: Yashil makon
Shundan so‘ng mamlakat bo‘ylab ushbu tashabbus keng qo‘llab-quvvatlandi va barcha korxona-tashkilotlar, fuqarolar ham bu maqsadga o‘z hissasini qo‘shdi.
“Koson DMQQ” mas’uliyati cheklangan jamiyati «dolzarb 40 kunlik» doirasida chora-tadbirlarini belgilab oldi. Jamiyat kasaba uyushmasining yig‘ilish bayoniga asosan korxona va unga qarashli filiallar hududida hashar yo‘li bilan mevali-manzarali ko‘chatlar ekildi.
Loyiha doirasida “Koson DMQQ” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan Koson, G‘uzor, Muborak va Qarshi tumanlaridagi hududlarda ko‘chatlar ekildi. Hududlarda jami 1736 ta daraxt ko‘chatlari ekilib, nihollar parvarishiga mas’ul xodimlar biriktirildi.
“Koson DMQQ” mas’uliyati cheklangan jamiyati Ⓣ
Mavzuga oid
19:05 / 01.04.2026
Prezident Milliy dendrologiya bog‘ini barpo etishga start berdi
11:39 / 01.04.2026
Prezident yashil hududlarni kengaytirish bo‘yicha yangi vazifalarni belgiladi
19:13 / 29.03.2026
Kamida 100 ta daraxt ekkan shaxsga ekofaol fuqaro maqomi beriladi
08:26 / 24.03.2026