Loyiha doirasida shahar va qishloqlarda yashil hududlarni kengaytirish, yangi bog‘ va istirohat maskanlarini barpo etish, shuningdek, cho‘llanishga qarshi kurashish choralari ko‘zda tutilgan.

Shu bilan birga, “Yashil makon” umummilliy harakati doirasida daraxt ekish hajmlarini oshirish va ularni parvarishlash tizimini takomillashtirish rejalashtirilmoqda.

Mazkur dastur amalga oshirilishi natijasida atmosfera havosidagi zararli moddalar miqdori kamayadi, shaharlarda mikroiqlim yaxshilanadi va ekologik barqarorlik ta’minlanadi.

Shuningdek, aholi o‘rtasida ekologik madaniyatni oshirish, yoshlarni tabiatga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishga o‘rgatishga qaratilgan targ‘ibot ishlari ham kuchaytiriladi.