Jahon | 22:49 / 17.12.2021
3879
1 daqiqa o‘qiladi

Britaniyada bir sutkada COVID-19 bilan bog‘liq 93 mingdan ortiq yangi holat qayd etildi

Mamlakatda uch kundan buyon COVID-19 holatlari aniqlanishi bo‘yicha rekord qayd etilmoqda.

Foto: Getty Images

Buyuk Britaniyada o‘tgan sutka davomida koronavirus yuqtirish bilan bog‘liq 93045 ta yangi holat aniqlandi, deb xabar berdi Sky News.

Mamlakatda uch kundan buyon COVID-19 holatlari aniqlanishi bo‘yicha rekord qayd etilmoqda.

15 dekabrda 78610 ta, 16 dekabrda 88376 ta yangi holat qayd etilgandi.

O‘tgan sutka davomida 111 nafar bemor vafot etgan.

Pandemiya boshlanganidan buyon Buyuk Britaniyada 11 milliondan ziyod inson kasallikka chalingan, 147 mingdan ortiq bemor vafot etgan.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid