O‘zbekiston | 14:21 / 17.12.2021
7200
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda yo‘l qurilishidagi monopoliyaga barham beriladi

Prezidentning “Raqobat muhitiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan to‘siqlarni bartaraf etish va tadbirkorlik faoliyati yo‘nalishlarini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.

Hujjat bilan umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari va xo‘jaliklararo qishloq avtomobil yo‘llarini, shaharlar va boshqa aholi punktlari ko‘chalarini qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash faqat Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasining pudratchi tashkilotlari tomonidan amalga oshirilishi bo‘yicha amaldagi tartibni bekor qilish rejalashtirilmoqda.

Shuningdek, yo‘l qurilishiga davlat-xususiy sheriklik asosida xususiy sektorni jalb qilish ham ko‘zda tutilgan.

Bundan tashqari, yo‘l belgilari, axborot ko‘rsatgichlari, yo‘l harakatini tartibga solishning boshqa texnik vositalarini ishlab chiqarish faqat “Uzavtoyo‘lbelgi” DUK tomonidan amalga oshirilishi bo‘yicha amaldagi tartib bekor qilinadi. 

Yo‘l belgilari va axborot ko‘rsatgichlarini o‘rnatish xizmatlariga ham xususiy sektorni jalb qilish mo‘ljallanmoqda.

Достон Аҳроров
Tayyorlagan Достон Аҳроров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid