10:01 / 17.12.2021
9369

Qibray tumanidan Yashnobod tumaniga 8ta mahalla o‘tkazildi

Toshkent viloyatining Qibray tumanidan Toshkent shahar Yashnobod tumaniga o‘tkazilgan obektlar to‘g‘risida ma’lumot berildi. Kadastr agentligi Toshkent viloyati boshqarmasiga ko‘ra, Yashnobod tumaniga 8ta mahalla o‘tkazildi.

Foto: Kadastr agentligi

Qayd etilishicha, Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Toshkent viloyati va Toshkent shahri chegaralarining o‘zgarishi yuzasidan tegishli qarori ijrosi yuzasidan hududlarda bir qator ishlar amalga oshirildi.

Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining Toshkent viloyati boshqarmalari tomonidan hududlarda olib borilgan xatlov ishlari natijalariga ko‘ra, Qibray tumanidan Yashnobod tumaniga jami 2 107,4 ga yer, shundan 1 002,6 ga qishloq xo‘jaligi yer maydoni hamda qator ijtimoiy obektlar o‘tkazilishi ta’minlangan.

Ijtimoiy obektlar quyidagicha:

  • mahallalar – 8 ta;
  • noturar joylar – 195 ta;
  • turar joylar – 5091 ta;
  • maktablar – 3 ta;
  • maktabgacha ta’lim muassasalari – 1 ta;
  • diniy muassasalar – 2 ta;
  • qabristonlar – 2 ta;
  • tibbiy muassasalar 1 ta.

Qibray tumanidan Yashnobod tumaniga o‘tayotgan aholining doimiy yashash manzili Toshkent shahri Yashnobod tumani etib belgilanadi.

Top