APLda Konte – Klopp to‘qnashuvi, La Ligada «Atletiko»da jiddiy sinov, A Seriyada «Milan» «Napoli»ga qarshi. Hafta o‘yinlari anonsi

Foto: Getty Images
Yevropa futboliga yana koronavirus balosi kirib keldi va bir qator o‘yinlar noma’lum muddatga qoldirilmoqda. Ayniqsa, Angliyada bu ko‘proq sezilmoqda va tur o‘yinlarining qariyb yarmi o‘tkazilmaydi. Hatto futbolni yangi yilgacha to‘xtatib turish masalasi o‘rtada ko‘tarilmoqda va bu haqda dushanba kuni klublar muzokara o‘tkazadilar. Ungacha esa ma’lum o‘yinlar o‘tkaziladi. Lekin maydonga tushadigan jamoalar ichida ham infeksiya yuqtirgan futbolchilar borligini e’tirof etish kerak. Ispaniyada esa «Real»da virus muammosi chiqdi, ammo reglamentga ko‘ra, agar jamoada kamida 14 futbolchi tayyor bo‘lsa, uchrashuv qoldirilmaydi.
Xullas, Yevropa futboli kichik tanaffusga chiqish ehtimoliga yaqinlashib, g‘animatga aylanib qolish arafasida. Shu tufayli, bu hafta imkon qadar ko‘proq uchrashuvlarni tomosha qilishga harakat qiling. Biz esa sizga tanlovda yordam beramiz.
ATALANTA – ROMA (18 dekabr, 19:00)
«Atalanta»ning A Seriyadagi mag‘lubiyatsiz seriyasi 10 uchrashuvga yetdi va buning natijasida bergamoliklar uchinchi o‘ringa ko‘tarilib, chempionlik poygasiga qo‘shildi. «Atalanta»ning keyingi turlardagi raqiblari «Jyenoa», «Torino» va «Udineze» bo‘lib, jamoaning yurishi yangi yilgacha davom etishi mumkin va buning uchun «Roma» qarshiligi sindirilishi kerak. G‘alaba «Atalanta»ni vaqtincha bo‘lsa-da, ya’ni «Milan»ning o‘yinigacha turnir jadvalida 2-o‘ringa ko‘tarilib oladi.
Rimliklar so‘nggi turlarni ishonchsiz o‘tkazib, hatto Mourinoning iste’fosi haqida gaplar chiqa boshlagan bo‘lsa-da, katta raqiblarga qarshi baribir «Roma» munosib o‘yin ko‘rsata oladi. Jamoa tarkibi ham, murabbiy salohiyati ham «Atalanta» bilan teng kurashish uchun yetarli bo‘lishi kerak. Mag‘lubiyat «Roma»ni hatto 9-o‘ringa tushirib yuborish ehtimoli ham bor.
«Roma» natijalaridagi pasayishni shuningdek, Lorenso Pellegrinining jarohati bilan ham bog‘lash mumkin. Dastlabki 13 turda u 5 gol va 2 assistni amalga oshirib, jamoada bu borada eng yaxshi ko‘rsatkich qayd etayotgandi. Reja bo‘yicha u shu kunlarda safga qaytishi kerak edi, ammo katta ehtimol bilan ushbu uchrashuvga tayyor bo‘lmaydi. Lorensodan tashqari «Roma» tarkibida shuningdek, El Shaaravi ham maydonga tusha olmaydi. «Jyenoa»da 2 gol urib, kashfiyot bo‘lgan Feliks Afena-Gyan esa «Spetsiya»ga qarshi o‘yinda maydondan chetlatilgani uchun diskvalifikatsiyaga ega. Mezbonlar tarkibida esa yangi jarohatlar yo‘q.
O‘zaro uchrashuvlarga ko‘ra, ikki tomondan tenglikni ko‘rishimiz mumkin. Oxirgi 21 o‘yinda har ikki tomonda yettidan g‘alaba va yetti durang. O‘tgan mavsumda Bergamoda o‘tgan uchrashuvda 4:1 hisobida maydon egalari ustun kelgandi.
LIDS YuNAYTeD – ARSeNAL (18 dekabr, 22:30)
Mavsumning 17-turi o‘tgan vaziyatda «Arsenal» kuchli to‘rtlikda. Bunday holat oxirgi marta Arsen Venger davrida ro‘y bergandi. Arteta nihoyat jamoasini Chempionlar Ligasi o‘rinlariga ko‘tara oldi va bu tahsinga sazovor. Bu «Arsenal»ning o‘ziga xosligi shundaki, jamoa kuchli raqiblarga qarshi o‘yinlarda juda ishonchsiz harakat qilyapti va imkoniyatsiz mag‘lubiyatga uchrayapti. Shu bilan birga o‘rtamiyona va autsayderlarga qarshi o‘yinlarda jamoa deyarli ochko yo‘qotmayapti. Mana shu «fazilat» «Arsenal»ning ushbu ko‘tarilishi uchun yetarli bo‘lmoqda va agar davom etsa, jamoa bemalol mavsumni kuchli to‘rtlikda tugatishi mumkin.
«Lids» esa so‘nggi haftada bir-biriga o‘xshamagan ikki o‘yin o‘tkazdi. «Chelsi»ga qarshi munosib o‘yin va salkam durangga yaqin bo‘lgan «Lids» «Etihad»da og‘riqli zarba qabul qildi. Ammo shuni e’tiborga olish kerakki, «Lids» «Siti»ga qarshi o‘yinda uning boshqa raqiblaridan u qadar kuchsiz o‘yin ko‘rsatmadi, aslida bu o‘yinda ko‘proq Pep Gvardiola shogirdlari imkoniyatlardan to‘g‘ri foydalanganini ham qayd etish kerak. Shuningdek, ikki yetakchi futbolchi Bemford va Filipsning yo‘qligi ham Belsa jamoasiga salbiy ta’sir qilmay qolmayapti. Xullas, jamoa 17 o‘yindan so‘ng atigi 16 ochko jamg‘arib, 16-o‘rinda turibdi. «Uotford», «Byornli» ayniqsa, «Nyukasl» mavsum davomida hali kuchayishi mumkinligini inobatga olsak, «Lids»ni APL da qolish uchun jiddiy sinov kutib turibdi. Buning ustiga, «Arsenal»ga qarshi o‘yindan keyin jamoani «Liverpul» va «Aston Villa»ga qarshi o‘yinlar kutib turibdi.
«Lids»dagi tarkib muammolari yuqorida sanalgan ikki nom bilan cheklanmaydi. Den Jyeyms, Rodrigo, Struyk kabi asosiy tarkib futbolchilarida ham jarohatlar bor. Firpo esa «Manchester Siti»ga qarshi o‘yinda maydondan chetlatilgani uchun ushbu o‘yinda sheriklariga yordam bera olmaydi. «Arsenal»da esa so‘nggi paytlarda jamoa yetakchisi, aniqrog‘i sobiq yetakchisi Obameyang haqida ko‘p gapirilmoqda. U intizomiy choralar sifatida avval sardorlik bog‘ichidan mahrum qilindi va endi, «Lids»ga qarshi o‘yin qaydnomasiga ham kiritilmadi. Shuningdek, «Vest Hem»ga qarshi o‘yin qahramonlaridan biri bo‘lgan Gabriyel Martinellining maydonga tushishi ham so‘roq ostida.
SeVILYa – ATLeTIKO (19 dekabrga o‘tar kechasi, 01:00)

Ikki hafta oldin bo‘lganida ushbu to‘qnashuv haftaning eng muhim to‘qnashuvlaridan biri bo‘lar, «Sevilya» ham, «Atletiko» ham chempionlik kurashida ildam borayotgan ikki raqib edilar. Endi «Real» shu darajada oldinga o‘tib ketdiki, endi «Sevilya» ham, «Atletiko» ham ko‘proq kuchli to‘rtlikdagi o‘rinlar uchun qayg‘urayotgan bo‘lishsa kerak.
«Sevilya» «Malorka» va «Alaves»ga qarshi o‘yinlarda ochko yo‘qotdi, «Atletiko» «Valensiya» bilan durang o‘ynab, o‘sha «Malorka» qarshiligini sindira olmadi. Ikki jamoa ham «Real»dan navbati bilan mag‘lubiyatga uchrashdi va mana shu pozitsiyaga yetib kelishdi. «Sevilya» bu o‘yinda uch ochko qo‘lga kirita olmasa, hatto Andalusiyaning boshqa jamoasi – «Betis» ham qo‘shnilarini quvib o‘tib, 2-o‘ringa ko‘tarilib olishi mumkin. «Atletiko» esa umuman, hatto 6-o‘ringa tushib ketish xavfi bor. Aslida esa bu ikki jamoadan biz chempionlik uchun jiddiy kurashni kutgandik.
Lopetegi jamoasi shuningdek, jarohatlar girdobida qolgan. Lamela, Navas, Torres, Suso va El Nasiri ushbu o‘yinda maydonga tusha olishmaydi. Fernando esa Bilbaodagi o‘yinda mavsumdagi beshinchi sariq kartochkasini oldi va ushbu o‘yin uchun diskvalifikatsiya qilindi. «Atletiko» tarkibida esa ko‘proq himoya vakillari o‘tgan turlarda yordam bera olmayapti va himoya markazida hatto Kondogbia harakat qilishga majbur bo‘lmoqda. Bu safar ham o‘zgarish yo‘q. Tripe ham, Savich, Himenes, Vrsalkolar ham tarkibda emaslar. Bundan tashqari Antuan Grizmanning maydonga tushishi ham so‘roq ostida turibdi.
«Atletiko» «Sevilya» maydonida uch o‘yindan buyon g‘alaba qozona olmayapti. Madridliklarning bu stadiondagi oxirgi g‘alabasi 3 yil oldin sodir bo‘lgan va o‘shanda mehmonlar Grizmanning xet-trigi yordamida 5:2 hisobida yirik hisobda ustun kelgandi. O‘tgan mavsumdagi o‘yin taqdirini esa Akuna tomonidan urilgan yagona gol hal qilgandi.
TOTTeNHEM – LIVeRPUL (19 dekabr, 21:30)
Yurgen Kloppning Angliya maydonidagi ilk o‘yini aynan «Tottenhem»ga qarshi sodir bo‘lgandi. O‘shanda deyarli teng darajada bo‘lgan ikki jamoa to‘qnashuvida hisob ochilmagan. Keyingi ikki o‘yinda ham durang qayd etilgan. Ana shundan keyingina, «Liverpul»ning yaqqol ustunligi davri boshlandi. APLdagi keyingi 10 uchrashuvning 8 tasida marsisaydliklarning qo‘li baland keldi. «Tottenhem» faqatgina bir o‘yinda g‘alaba qozondi. Bundan tashqari, jamoalar Chempionlar Ligasi finalida ham ro‘baru kelganini ham eslash mumkin. Bu o‘yinda ham Klopp ishonchli g‘alabaga erishgan.

Klopp uchun alohida o‘rin tutadigan ushbu raqib maydonidagi bu o‘yin ham o‘ziga xos e’tiborga arziydi. Yana bir notabiiy tomoni, «Tottenhem» qariyb ikki haftadan beri maydonga tusha olgani yo‘q. Kovid tufayli, jamoaning «Brayton» va «Lester»ga qarshi o‘yinlari qoldirildi. Bu masala yuzasidan Klopp ham matbuot anjumanida fikr bildirib, raqibga qarshi qanday tayyorlanishni bilmasligini alohida ta’kidladi. Rostdan ham, «Tottenhem» bu davr mobaynida qay darajada mashg‘ulot o‘tadi, aynan qaysi futbolchilar kasallikka chalingan, qaysi futbolchilar karantinda, aniq ma’lumotlar yo‘q. Faqat Devis, Xill, Skarlet, Emerson, Son, Moura va Skip kabi futbolchilarning shu o‘tgan vaqt mobaynida virus yuqtirgani aniq xolos. Bu tarkibdan kimlardir mashg‘ulotlarga qaytgani yoki qaysidir boshqa futbolchi kovid yuqtirgani noma’lum. Bundan tashqari, Regilon va Romero kabi himoyachilar jarohat tufayli bu o‘yinni o‘tkazib yuboradilar.
«Liverpul» esa har bir turda maydonga tushayotgani uchun kimlar kovid yuqtirib olgani haqida bilamiz. Jons, Van Deyk va Fabino. Bundan tashqari Origi ham jarohat tufayli mehmonlarga yordam bera olmaydi. Xullas, mana shunday sharoitlar ostida «Liverpul» chempionlik, «Tottenhem» esa kuchli to‘rtlik uchun kurashini davom ettirishga majbur bo‘lmoqda.
Agar qoldirilgan o‘yinlarni bir chetga sursak, «Tottenhem» Antonio Konte qo‘l ostida 4 o‘yin o‘tkazib, bir durang va qatorasiga uch g‘alabaga erishganini e’tirof etish lozim.
MILAN – NAPOLI (20 dekabrga o‘tar kechasi, 00:45)
Aytish mumkinki, «Milan» va «Napoli» A Seriyadagi so‘nggi haftalarning eng omadsiz jamoalaridir. Atigi bir oycha oldin bu ikki jamoa boshqalardan qariyb 10 ochkoga o‘zib ketgan holda, chempionlik masalasini o‘zaro hal qilayotgandek ko‘ringan edilar. Hozir esa ularning birortasi ham 1-o‘rinda emas, bu o‘yinda mag‘lub bo‘lgani esa hatto 4-o‘ringa tushib ketadi.

«Inter» kecha «Salernitana» ustidan yirik g‘alabaga erishdi va peshqadamlikni mustahkamlab oldi. «Atalanta» ham agar g‘alaba qozonishda davom etadigan bo‘lsa, 2-o‘ringa ko‘tarilib olishi mumkin. «Napoli» mag‘lubiyatga uchrasa, pastdan yetib kelayotgan «Fiorentina» atigi 3 ochkolik masofaga kelib qoladi. Kim o‘ylabdi debsiz.
O‘zaro o‘yinlar bo‘yicha so‘nggi yillarda «Napoli» ustunroq, ammo o‘tgan yili har ikki o‘yinda ham mehmon jamoa ustun kelgan edi. Undan oldingi mavsumda esa har ikki uchrashuv durang bilan yakunlangan. Umuman «Milan» o‘z maydonida «Napoli» ustidan A Seriyada olti o‘yindan beri g‘alaba qozona olmayapti. Mezbonlarning Milandagi oxirgi yutug‘i 2014 yilda sodir bo‘lgan edi. Qizig‘i, o‘sha o‘yinda milanliklar tarkibida maydonda harakat qilgan va zaxirada o‘tirgan futbolchilardan birortasi ham hozir «Milan»da emas.
Albatta, yuqorida aytib o‘tilgan muvaffaqiyatsiz palla, turnir jadvalidagi pozitsiyalar boy berilishida obektiv sabablar yetarli. Jumladan har ikki jamoada ham jarohatlanganlar juda ko‘p. Mezbonlar Rebich, Kalabriya, Leau kabi futbolchilar yordamidan foydalana olishmayapti. Buning ustiga Simon Ker Genuyada og‘ir jarohat oldi va mavsum oxirigacha safdan chiqdi. Teo Ernandes kovid yuqtirib olgan va bu o‘yinga tayyor bo‘lishi so‘roq ostida turibdi. «Napoli» safida aytish kerakki, yo‘qotilganlar birin-ketin qaytishmoqda. Angissa, Politano kabi futbolchilar «Empoli» bilan o‘yinda zaxiradan tushishdi, Manolas va Gulyam zaxira o‘rindig‘ida paydo bo‘lishdi. Asosiy o‘yinchilardan faqat Kulibali hali tiklangani yo‘q, Osimxen yana ikki oy safga qayta olmaydi. Ammo Zelinski «Empoli» bilan o‘yinning 22-daqiqasida jarohat olib, almashtirilgandi. Uning qay darajada jarohatlangani noma’lum.
BOShQA O‘YINLAR
18 dekabr. Bolonya – YuVeNTUS (22:00), BARSeLONA – Elche (22:30), Herta – BORUSSIYa D (22:30)
19 dekabr. Vulverhempton – CheLSI (19:00), Atletik – BeTIS (20:15), ReAL – Kadis (20 dekabrga o‘tar kechasi, 01:00).
Tavsiya etamiz
Zelenskiydan mamnun, Rossiya zarbalaridan hafsalasi pir bo‘lgan. Trampning oxirgi bayonotlaridan asosiy gaplar
Jahon | 16:21 / 28.04.2025
Turkiyalik erkak operatsiyadan keyin ona tilini unutib, boshqa tilda gapirishni boshladi
Jahon | 19:42 / 27.04.2025
Havo isib ketishi va qurg‘oqchilikka tayyor turishimiz kerak – Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 15:55 / 26.04.2025
Muddat qo‘yuvchi Tramp: buning oxiri bormi?
Jahon | 22:09 / 24.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp Karnini Kanadadagi saylovlardagi g‘alabasi bilan tabrikladi
Jahon | 12:40
-
Bola huquqlari kodeksi loyihasi ishlab chiqiladi
O‘zbekiston | 12:31
-
AQSh Avstraliyaning Amerika tanklarini Kiyevga berishiga to‘sqinlik qilyapti
Jahon | 12:24
-
Aholi sog‘lig‘ini saqlash kodeksi qabul qilinadi
O‘zbekiston | 12:14
Mavzuga oid

23:12 / 27.04.2025
«Liverpul» «Tottenhem»ni yirik hisobda mag‘lub etib, APL chempionligini qo‘lga kiritdi

16:18 / 17.03.2025
Avtogollar, 70 yil kutilgan kubok va «Barsa»ning superkambeki – Yevroturning eng muhim 8 voqeasi

13:54 / 30.11.2024
Noxush seriyadagi «Siti» «Enfild»ga boradi, Germaniyada Der Klasiker, «Inter» «Fiorentina»ga qarshi - hafta o‘yinlari anonsi

14:31 / 02.11.2024