Jahon | 22:18 / 18.12.2021
4744
1 daqiqa o‘qiladi

Buyuk Britaniyada “omikron” shtammi bilan bog‘liq o‘lim holatlari yettitaga yetdi

Mamlakatda o‘tgan sutkada ushbu shtammni yuqtirish bilan bog‘liq 10059ta holat aniqlangan

Foto: EPA/Vostock-photo

Buyuk Britaniyada “omikron” shtammi bilan bog‘liq yettita o‘lim holati qayd etildi. Bu haqda Birlashgan Qirollik sog‘liqni saqlash xavfsizligi agentligi xabar berdi.

Agentlikning bildirishicha, barcha holatlar Angliyaga to‘g‘ri keladi.

Bundan tashqari, mamlakatda o‘tgan sutkada ushbu shtammni yuqtirish bilan bog‘liq 10059ta holat aniqlangan – “omikron” yuqtirganlar soni 24968 nafarga yetdi. Taqqoslash uchun, 13 dekabrda bu ko‘rsatkich 4713 nafarni tashkil etayotgandi.

Shanba kuni Buyuk Britaniyada 90,4 ming kishida koronavirus aniqlandi. Bir kun avval bu raqam 93 mingdan ortiqroq bo‘lgandi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid