Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kattaqo‘rg‘onda tadbirkordan 2 000 dollar pora olgan xalq ta’limi bo‘limi mutaxassisi ushlandi
Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanida tadbirkordan 2 000 AQSh dollari pora olgan xalq ta’limi bo‘limi mutaxassisi ushlangan. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash departamenti xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, DXXning Kattaqo‘rg‘on shahar hamda Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Kattaqo‘rg‘on tumani bo‘limlari tomonidan tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Tadbirda Kattaqo‘rg‘on tumani xalq ta’limi bo‘limi mutaxassisi A.Sh. “L.S.” MChJ tomonidan tumandagi umumiy o‘rta ta’lim maktabida amalga oshirilgan 300 million so‘mlik joriy ta’mirlash ishlari bajarilgani haqidagi dalolatnomani XTB mudiriga tasdiqlatib berish evaziga 2 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
21:24 / 27.06.2026
Namanganda 381 ming dollarga 50 sotix yerni rasmiylashtirib berishni va’da qilganlar ushlandi
17:00 / 25.06.2026
Mehnat inspeksiyasi Adiz Boboyevga ogohlantirish yubordi
08:33 / 25.06.2026
Elektr ta’minoti korxonalari muhandislari pora olayotganda ushlandi
18:32 / 23.06.2026