DXX tomonidan ötkazilgan tadbirlar doirasida huquq-tartibot idoralari tizimidagi noqonuniy holatlarga çek qöyildi.

Jizzax viloyatidagi tuman prokurorlaridan biri 2 ming dollar miqdorida pora sörab, şundan 1200 dollarini olgan, DXX Jizzax viloyati böyiça boşqarmasi xodimlari tomonidan ötkazilgan tezkor tadbirda tuman prokurori öz xizmat xonasida söralgan pulning qolgan qismini (800 AQŞ dollari) olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlandi.

DXX matbuot xizmatining ma'lum qilişiça, u ta'mirlaş va obodonlaştiriş işlari bilan şuğullanuvçi davlat unitar korxonasining mansabdorlari va boşqalarga nisbatan qözğatilgan jinoyat işi doirasida ötayotgan quriliş firmasi rahbariga qamoqqa oliş ehtiyot çorasini qöllamaslik hamda mazkur firmada aniqlangan kamomad miqdorini kamaytirib körsatiş evaziga pora söragandi.

Samarqand viloyatidagi tuman prokurorlaridan birining örinbosari moddiy manfaatdor böliş maqsadida mahalliy fermer xöjaligi rahbariga nisbatan sud tomonidan tayinlangan 3 yil ozodlikni çeklaş jazosini boşqa oğirroq jazo turiga özgartiriş uçun protest kiritib, sudning apellyatsiya bosqiçi jarayonida hukmni öz kuçida qoldiriş evaziga 10 ming AQŞ dollari talab qiladi.

DXX Samarqand viloyati böyiça boşqarmasi xodimlari tomonidan ötkazilgan tezkor tadbirda uşbu söralgan pulni prokuror örinbosarining topşiriğiga köra uning vositaçisi olgan vaqtida uşlandi. Tuman prokurori örinbosarining bu işga aloqadorligi uning vositaçisi bergan körgazma hamda töplangan aşyoviy dalillar asosida töliq tasdiğini topgan.

Bundan taşqari, MIB va bojxona xodimlari firibgarlikka qöl urib, aşyoviy dalillar bilan uşlangan.

Namangan viloyatidagi tumanlardan birining Majburiy ijro byurosi rahbari mahalliy fuqaroning Qirğiziston Respublikasi Jalolobod davlat universitetidagi öqişini Andijon davlat tibbiyot institutiga köçirişida Oliy ta'lim vazirligidagi tanişlari orqali yordam berişini aytib, xizmati evaziga 700 dollar söraydi, şundan 300 dollar va 1 million 50 ming söm oladi.

Pulning qolgan qismini berişni talab qilib, 200 dollar va 1 million 50 ming söm olgan vaqtida DXXning Namangan viloyati böyiça boşqarmasi xodimlari tomonidan viloyat prokuraturasi hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamentining hududiy boşqarmasini jalb etgan holda ötkazilgan tadbirda uşlandi.