AQŞda yuk maşinasini, ya’ni trakni haydaş nafaqat kasb, balki köplab özbekistonliklar uçun imkoniyatlar manbai hisoblanadi. Bu soha yurtdoşlarimiz uçun katta ahamiyatga ega bölib, köpçilik uçun Qöşma Ştatlarda muvaffaqiyatli hayot keçirişning kalitiga aylangan.
Şubhasiz, COVID-19 pandemiyasi davrida yuk taşiş özining eng şonli davrini boşdan keçirdi. Ammo pandemiya tugaşi bilan qiyinçiliklar boşlanib, soha "Buyuk yuk taşiş inqirozi" deb nomlangan oğir davrga kirib qoldi. Xususan, yuk hajmi qisqardi, tölov stavkalari pasaydi va köplab korxonalar bankrot böldi. Bu inqiroz özbekistonlik haydovçilar va ularning oilalari uçun katta zarba böldi, çunki yurtdoşlarimiz uçun bu nafaqat iş, balki butun hayot tarzini taşkil etardi.
AQŞdagi yuk taşiş sohasi mamlakat ta’minot zanjirining ajralmas qismi va iqtisodiyotining asosiy tayançlaridan biri hisoblanadi. Yuk taşiş sohasini yanada aniqroq tuşuniş uçun RXO korxonasi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarga e’tibor qaratiş muhim. Xususan:
- Mamlakatda amalga oşiriladigan barça yuk taşiş operatsiyalarining 72,5 foizi quruqlikda yuk maşinalari orqali amalga oşiriladi;
- Har yili uşbu sektor AQŞ iqtisodiyotiga 791,7 milliard dollarlik daromad olib keladi;
- Hozirda AQŞda 3,91 million Slass 8 turiga mansub oğir yuk maşinalari yöllarda harakatlanmoqda.
Albatta, bu raqamlar AQŞdagi yuk taşiş sanoatining ulkan ahamiyati va uning faoliyati qançalik keng qamrovli ekanini aniq körsatib beradi. Qolaversa, uşbu segmentdagi bozor juda tarqoq ekanini va heç qaysi korxona yirik monopol mavqega ega emasligini alohida ta’kidlaş lozim. Bu esa katta bozorda har bir iştirokçi uçun foyda oliş imkoniyatini yaratadi. Misol uçun, yirik öntalikka kiruvçi mahalliy yuk taşiş korxonalari umumiy bozorning atigi 6 foizini egallaydi. Bundan taşqari, bozordagi korxonalarning 97,4 foizi 20 tadan kam yuk maşinalari bilan işlaydi, bu esa sohaning tarqoq xarakterini aniqroq körsatadi. E’tiborlisi, AQŞda faoliyat yuritayotgan özbek korxonalarining aksariyati kiçik hajmdagi yuk taşiş kompaniyalari qatoriga kiradi.
Yurtdoşlarimiz uçun bu sohani tanlaş sabablari nimada?
Nega köplab özbek korxonalari AQŞda yuk taşiş sohasida tadbirkorlik bilan şuğullanadi? Bu bozorning şaroitlarini yaxşiroq tuşuniş uçun unga yaqindan nazar taşlasak, bir neça asosiy iqtisodiy omillarning ta’sirini köriş mumkin. Birinçidan, bu sohada kiriş va çiqiş uçun past tösiqlar mavjud bölib, yangi taşuvçilar uçun bozorga kiriş nisbatan oson. Ikkinçidan, hukumat çeklovlarining kamligi sababli bozor iştirokçilari moslaşuvçanlikka ega va öz strategiyalarini tezkor özgartira oladi. Uçinçidan, bozorda yuz minglab taşuvçilar va yuk jönatuvçilar iştirok etadi, bu esa sohaning raqobatbardoşligi va dinamikligini ta’minlaydi. Aynan şu sabablarga köra, özbek diasporasi vakillarining aksariyati uşbu sohada faoliyat yuritadi.
Bozor dinamikasi:
Ta’kidlaş joizki, uşbu bozorning öziga xos jihatlari ham bor. Butun dunyoda yuk taşiş sohasida taklif, ya’ni taşuvçilar imkoniyati va talab, ya’ni yuk hajmi örtasidagi muvozanat doimiy ravişda özgarib boradi.
COVID-19 pandemiyasi davrida yuk taşiş sohasida qulay şaroitlar şakllanib, köplab kompaniyalarga AQŞ bozorida sezilarli daromad oliş imkoniyatini yaratdi. Pandemiya sabab global yetkazib beriş zanjirlarida yuk taşişga bölgan talab keskin oşdi. Korxonalar mahsulotlarni omborlardan distribyutor markazlariga va ulgurji savdo punktlariga yetkazişda yuk maşinalariga tayanişga majbur böldi. Bundan taşqari, onlayn xaridlarning ortişi yirik omborlar va logistika markazlari örtasidagi yuk taşiş jarayonlarini yanada jadallaştirdi. Şu bilan birga oziq-ovqat, dori-darmon va boşqa zarur mahsulotlarning uzoq masofalarga yetkazilişi yuk taşiş bozorida faollikni oşirdi. Bu AQŞdagi özbek tadbirkorlariga ham keng imkoniyatlar eşigini oçib, ularning yuk taşiş sohasida muvaffaqiyatga erişişiga turtki böldi. Biroq bozorning siklik tabiati tufayli pasayiş bosqiçiga qaytiş faqat vaqt masalasi edi, COVID-19 pandemiyasidan söng esa talab va taklif muvozanatining buzilişi narxlarning keskin pasayişiga olib keldi.
Yoqilği narxlari:
Yuk taşiş bozoridagi özgarişlar köplab omillar ta’siri ostida şakllanadi va uşbu omillarni tahlil qiliş bozor inqirozining qay darajada tugaganini aniqlaşga yordam beradi. Şulardan biri yoqilği, xususan, dizel narxlaridir. Dizel yoqilğisi yuk taşuvçi korxonalar umumiy xarajatlarining taxminan 30 foizini taşkil qiladi. Agar uning narxi yuk taşiş tariflariga nisbatan tezroq kötarilsa yoki tuşsa, bu korxonalarning daromadiga sezilarli ta’sir körsatadi. SOVID-19 pandemiyasi davrida dizel yoqilğisi narxlari keskin pasaydi. Pandemiya ta’siri natijasida 2020 yilda dizel narxi $2,58/gallongaça (1 gallon = 3,8 litr) pasayib, bu korxonalar faoliyatining vaqtinça töxtaşi, işlab çiqariş hajmining qisqarişi va yoqilğiga bölgan talabning rekord darajada pasayişi bilan izohlandi. Natijada bu holat global ta’minot zanjiriga sezilarli ta’sir ötkazib, dizel narxlarini misli körilmagan darajaga tuşirdi.

Pandemiyadan keyin, 2021 yilda iqtisodiy tiklaniş jarayoni va yoqilği bozoridagi bosimlar AQŞda dizel narxlari kötarilişiga turtki böldi. Qöşimçasiga 2022 yilda Rossiya-Ukraina uruşi kabi geosiyosiy voqealar natijasida narxlar $4,71/gallongaça yetib, tarixiy çöqqiga çiqdi. Bu, albatta, transport xarajatlarining sezilarli oşişiga va korxonalarga qöşimça moliyaviy yuk tuşişiga olib keldi. Biroq bozor vaziyatni tiklay boşladi. 2023 yilda dizel narxlari pasayişga yuz tutdi va 2024 yilda $3.49/gallon darajasida barqarorlaşib, pandemiyadan oldingi davrga qaytdi. Uşbu tendensiya şubhasiz, yuk maşinalari haydovçilari va biznes egalari uçun ijobiy özgariş bölib, bozor inqirozidan çiqişda mustahkam zamin yaratadi.
Yuk taşiş bozoridagi spot stavkalarining yillik özgariş tendensiyasi (2019–2025 yillar)

Yuqoridagi grafik sönggi yillarda yuk taşiş bozoridagi «spot» stavkalarning örtaça özgarişini aks ettiradi. Spot stavkalar bu yukni belgilangan vaqtda taşiş uçun joriy bozor narxi bölib, odatda qisqa muddatli kelişuvlar asosida amalga oşiriladi va uzoq muddatli şartnomalarga nisbatan ança özgaruvçan böladi. Uşbu stavkalar bozordagi talab va taklif balansiga qarab doimiy ravişda özgarib boradi.
COVID-19 pandemiyasi davrida spot stavkalar keskin oşgan bölsa, 2022-2023 yillarda ular keskin pasaydi. Biroq oxirgi paytlarda yuk taşiş tariflari yana kötarilmoqda. Xususan, 2025 yil yanvar holatiga köra, sovitkiçli treylerda yuk taşiş (reefer) - $2,22/mil (1 mil = 1,6 km), oçiq platformali yuk taşiş (flatbed) - $2,04/mil va quruq treylerda yuk taşiş (dry van) - $1,84/mil darajasiga yetgan. Bu ösiş, asosan, talabning oşişi yoki yuk taşiş taklifining kamayişi bilan izohlanadi.
Biroq grafikka nazar taşlasak, bozor asta-sekin pandemiyadan oldingi barqarorlik yöliga qaytayotgani sezilmoqda. Stavkalarning haddan taşqari tebranişlar davri ortda qolib, tariflar me’yoriy darajalarga yaqinlaşmoqda. Bu esa yuk taşiş sohasining tiklanayotganini va kelajakda yanada barqaror bölişini körsatmoqda.
AQŞ yuk taşiş bozorida çiquvçi buyurtmalarni rad etiş indeksi (2019, 2023, 2024 yillar)

Yuqoridagi grafik AQŞning buyurtmalar rad etiş indeksini aks ettirib, yuk taşuvçilar tomonidan rad etilgan buyurtmalar foizini körsatadi. Rad etiş körsatkiçi yuqori bölsa, bu yuk taşiş taklifining çeklanganini bildiradi, past bölsa, ortiqça taklif va yuk taşişga bölgan talabning sustligini anglatadi. Grafikda 2024 yil (oq çiziq) uçun rad etiş körsatkiçi keskin oşib, 9,69 darajasiga yetgani körsatilgan. Bu yuk taşiş taklifining kamayişi yoki yuk taşişga bölgan talabning ortib borayotganini körsatadi. 2019 yil (töq sariq çiziq) ma’lumotlariga köra, rad etiş körsatkiçi dastlab yuqori bölib, maksimal 11,18 darajaga yetgan, söngra pasaygan, bu davrda yuk taşiş bozori talab yuqori bölgan qisqa muddatli özgarişlarga duç kelgan. 2023 yil (puşti çiziq) esa ança past körsatkiçlarga ega bölib, 5,24 darajasida turgan, bu esa bozorda ortiqça taklif bölganini bildiradi. 2024 yilda rad etiş körsatkiçining keskin oşişi yuk taşiş sohasida taklifning kamayganini yoki talabning ortganini anglatadi, bu esa yuk taşiş stavkalarining oşişiga olib kelişi mumkin. Rad etiş körsatkiçi ösişiga iqtisodiy faollikning ortişi, mavsumiy talabning köpayişi hamda yuk maşinalari va haydovçilarning yetişmovçiligi sabab bölişi mumkin. Uşbu özgarişlar bozorning pandemiyadan oldingi darajasiga qaytayotganini anglatib, yuk taşiş stavkalarining oşişi va yuk jönatuvçilar uçun transport vositalarini topişdagi qiyinçiliklarning kuçayişi ehtimolini körsatmoqda.
Boşqa omillar:
Bozor omillariga bevosita ta’sir körsatadigan taşqi kuçlar ham mavjud bölib, ular orasida Clearinghouse-II qoidalarini alohida ta’kidlaş mumkin. Mazkur qoidalar AQŞ Federal avtotransport agentligi (FMCSA) tomonidan 2024 yil 18 noyabrda kuçga kiritilgan.
Clearinghouse-II qoidalarining kuçga kirişi yuk taşiş bozoriga bevosita ta’sir körsatadi, çunki uşbu qoidalar natijasida köplab haydovçilar iş faoliyatini davom ettiriş imkoniyatidan mahrum bölişi mumkin. Taxminlarga köra, qoidalarning qat’iy ijrosi natijasida 177 mingga yaqin haydovçi öz CDL litsenziyasidan ayrilişi ehtimoli bor, bu esa yuk taşiş taklifining sezilarli darajada qisqarişiga olib keladi. Bozordagi haydovçilar sonining kamayişi yuk taşişga bölgan talabni oşiradi, natijada yuk taşiş xizmatlari narxi kötariladi. Mavjud taşiş quvvati kamaygani sababli yuk jönatuvçilar kamroq taşuvçilar bilan işlaşga majbur bölib, spot stavkalari sezilarli darajada ösişi kutilmoqda.
Bundan taşqari, AQŞda yangi administratsiyaning faoliyati yuk taşiş bozoriga sezilarli ta’sir körsatişi mumkin, çunki har bir hukumat özining iqtisodiy va transport siyosatini şakllantiradi. Agar yangi ma’muriyat infratuzilma loyihalariga e’tibor qaratib, logistika sohasini qöllab-quvvatlasa, bu yuk taşiş taklifi va samaradorligini oşirişi mumkin, natijada stavkalar barqaror qoladi yoki pasayadi. Biroq ekologik talablarga qat’iyroq yondaşuv, xususan, uglerod çiqindilarini kamaytiriş va elektr yuk maşinalariga ötiş böyiça siyosatlar, dizel yoqilğisi bilan işlaydigan yuk maşinalariga qöşimça xarajatlar yuklaşi mumkin, bu esa yuk taşiş tariflari oşişiga olib keladi.
Şu bilan birga immigratsiya siyosatining özgarişi ham yuk maşinasi haydovçilari ta’minotiga ta’sir qilişi mumkin, çunki köplab yuk taşiş kompaniyalari immigrant haydovçilarga tayanadi. Agar yangi hukumat immigratsiya jarayonlarini murakkablaştirsa, bu haydovçilar tanqisligiga va natijada yuk taşiş stavkalari ösişiga sabab bölişi mumkin.
Xulosa:
Xulosa qilib aytganda, turli obektiv bozor omillari AQŞ yuk taşiş bozorida barqarorlik tiklanayotganini va narxlarning asta-sekin ösib borayotganini körsatmoqda. Bu esa yuk taşuvçilar uçun foyda oliş imkoniyatlarini oşirib, ularning faoliyatini mustahkamlaşga zamin yaratmoqda. Yuk taşiş sohasi öziga xos siklik xususiyatga ega bölib, AQŞ bozorida odatda 3-5 yillik davriy özgarişlar kuzatiladi. Uşbu sikllar kengayiş, çöqqi, qisqariş va inqiroz bosqiçlarini öz içiga oladi. Hozirgi vaziyat esa bozorga nisbatan optimistik kayfiyat bağişlaydi, çunki narxlar barqarorlaşuvi va yuk taşiş taklifining muvozanati soha iştirokçilari uçun yangi imkoniyatlar yaratmoqda.
Bozor 2023 yil oxirida özining eng past nuqtasiga yetgan bölsa, hozirda tiklaniş jarayoni kuzatilmoqda va körsatkiçlar barqaror ösişga yönaltirilgan. Inqiroz davri ortda qolib, 2025 yil yuk taşiş sektori ösiş bilan ötişi kutilmoqda. Biroq mutaxassislar bu ösiş 2020 va 2021 yillardagi kabi keskin va yuqori daromadli bölmasligini ta’kidlamoqda. Şu bois, avvalgi yillarga nisbatan bozor çöqqisi pastroq darajada şakllanişi mumkin. Şunga qaramay, sönggi inqirozdan söng sohada ijobiy özgarişlar kuzatilayotgani aniq.
Salixov Sohibxon, ITF Group LLC












