Farğona viloyati hududidan ötgan avtomobil yöllarida oğir yuk maşinalari harakati vaqtinça çeklandi. Bu haqda viloyat hokimi qarori (.pdf) qabul qilindi.

Qayd qilinişiça, 20 iyuldan 20 oktyabrgaça Farğona viloyati hududidan ötgan umumiy foydalanişdagi avtomobil yöllari, şaharlar va boşqa aholi punktlarining köçalarida oğir yuk taşuvçi avtotransport vositalarining harakati har kuni soat 8:00 dan 18:00 ga qadar vaqtinça çeklanadi.

Uşbu qaror Farğona viloyatida ekstremal iqlim şaroitlarida, xususan, havo harorati kötarilib ketgan vaqtda yöllar va yöl sun’iy inşootlarining texnik holatini saqlab turiş zarurati bilan izohlangan.

Çeklov avtomobil yöllarida yuk taşişda transport vositasining ğildirak öqiga tuşadigan oğirligi 10 tonna va undan ortiq bölgan yuk avtomaşinalari, yonğinga çidamli bölmagan yoki muhit uçun xavfli yuk taşuvçi transport vositalari, boşqa maxsus talablarga javob bermaydigan oğir avtotransportlarga taalluqli etib belgilandi.

Tez tibbiy yordam, öt öçiriş va favqulodda holatlar xizmatlariga tegişli transport vositalari, kommunal va sanoat xizmatlarini ta’minlovçi maxsus transportlar, ruxsatnomaga ega bölgan mahalliy tadbirkorlik sub’yektlarining mahsulot yetkazib beriş vositalariga (faqat maxsus belgilar bilan) mazkur çeklov tatbiq etilmaydi.