20:34 / 27.12.2021
3721

Burkina-Fasoda jangarilar hujumi oqibatida 41 kishi halok bo‘ldi

Foto: tellerreport.com

Afrikaning Burkina-Faso davlatida noma’lum jangarilar savdogarlarga tegishli transport vositalari karvoniga hujum qildi. Buning oqibatida 41 kishi halok bo‘lgan, deb xabar berdi “Sinxua” axborot agentligi.

Ta’kidlanishicha, hujum Lorum provinsiyasida sodir etilgan. Halok bo‘lganlar orasida savdogarlar himoyasini ta’minlagan mahalliy ayirmachilardan biri bo‘lgan.

“Burkina-Faso hukumati ushbu vahshiy hujumni qoraladi va halok bo‘lganlar oilalariga hamdardlik bildirdi”, deyilgan xabarda.

Hozircha ushbu hujum uchun hech qaysi guruh javobgarlikni o‘z zimmasiga olmagan.

Mavzuga oid
Top