Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada chet elliklar uchun «nazorat ostida bo‘lish» rejimi tafsilotlari ochiqlandi
Rossiyada «nazorat ostida bo‘lish» rejimida bo‘lgan xorijliklarning yashash joyini o‘zgartirishga cheklovlar qo‘yiladi, shuningdek, cheklovlar o‘rnatgan maxsus organga tashrif buyurishi talab etiladi. Bu haqda mamlakat IIV Migratsiya bosh boshqarmasi boshlig‘i Valentina Kazakova ma’lum qildi.
Kazakova Rossiya Ichki ishlar vazirligi tomonidan ishlab chiqilayotgan migratsiya sohasidagi qonun haqida gapirib, ushbu rejim to‘g‘risida eslatib o‘tdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, rejim xorijliklarning Rossiyada bo‘lishini nazorat qilishning yangi mexanizmini nazarda tutadi: ma’muriy nazorat. Uning doirasida «nazorat ostida bo‘lish» maxsus huquqni muhofaza qilish rejimi joriy etiladi.
«Nazorat qilinadigan shaxslarga nazorat qiluvchi organning roziligisiz turgan joyini o‘zgartirish huquqi, nazoratda bo‘lish rejimini o‘rnatgan organga vaqti-vaqti bilan kelib turish yoki uning mavjudligini boshqa yo‘l bilan tasdiqlash majburiyatiga cheklovlar, shu jumladan elektron shaklda qo‘yiladi», - dedi Kazakova.
Bundan tashqari, uning qo‘shimcha qilishicha, xorijliklarni Rossiyadan olib chiqishning ikkita mustaqil protsedurasi (bugungi kunda mavjud bo‘lgan ma’muriy chiqarib yuborish va deportatsiya) o‘rniga bitta tartib - «chiqarib yuborish» joriy etiladi. Rossiyadan tashqarida bo‘lgan yoki qayerdaligi noma’lum bo‘lgan chet elliklarga «mamlakatda bo‘lishi nomaqbulligi» instituti qo‘llaniladi.
Mavzuga oid
10:25
Zelenskiyning maktubi: diplomatik qadammi yoki strategik zarbami?
08:50
SIPRI: dunyoda yadroviy qurollar soni yana o‘sishi mumkin
08:44
Yevropa yetakchilari va Zelenskiy tinchlikning besh shartini e’lon qildi
00:26