O‘zbekiston | 13:14 / 28.12.2021
6862
4 daqiqa o‘qiladi

Sanoat Energetika Guruhi (SEG): GRDC ilmiy-texnologik markazi kompaniyaning bir qismiga aylandi

Sanoat Energetika Guruhi (SEG) MChJ XK Geo Research and Development Company (GRDC) MChJ ustav kapitalidagi 75 foiz ulushga ega bo‘ldi. GRDC ekspertizasi SEGga neft va gaz qazib olishni yiliga 1,6 mln tonnaga yetkazish strategiyasini amalga oshirishga yordam beradi.

Foto: Sanoat Energetika Guruhi MChJ XK

GRDC ilmiy-texnologik markazi geologiya-qidiruv, uglevodorod xomashyosi va mineral resurslarni ishlash, qazib olish, yig‘ish, tayyorlash va transportivka qilish tizimlarini loyihalashtirish bo‘yicha yetakchi tashkilot hisoblanadi. 

GRDC O‘zbekiston Respublikasida neft va gaz sohasida eng yaxshi ekspertizani amalga oshiradi, servis xizmatlarini ko‘rsatadi, quduqlarda tadqiqot ishlarini amalga oshiradi, ilmiy va loyiha faoliyatini amalga oshiradi, neft sanoati uskunalarini himoya qilish tadbirlarini amalga oshirmoqda, topogeodezik va geologik tadqiqotlarni o‘tkazadi, quduqlarni qurish va kapital ta’mirlashda supervayzing xizmatlari ko‘rsatadi.

Foto: Sanoat Energetika Guruhi MChJ XK

Hamkorlik davrida Sanoat Energetika Guruhi MChJ XK va GRDC tomonidan konlar bo‘yicha 64 ta axboriy ma’lumotlar bazasi yaratildi, konlarning 46 ta uch o‘lchovli geologik modellari va 24 ta uch o‘lchovli gidrodinamik modellar barpo etildi. Mavjud axborotlarni tahlil qilish va geologik modellarni aniqlashtirish natijalari bo‘yicha quduqlarni barpo etish uchun 247 ta loyiha nuqtalari tavsiya etildi, geologiya-qidiruv ishlari va uglevodorodni sanoat maqsadlarida qazib olishni amalga oshirish uchun litsenziya olish maqsadida SEG konlari bo‘yicha 67 ta UTER va TIA loyihalari, konlar bo‘yicha kon ajratish bo‘yicha 103 ta loyiha tuzildi. 

«Sanoat Energetika Guruhi kompaniyasi tomonidan GRDC ilmiy-texnologik markazi ulushi sotib olishi tufayli ilmiy g‘oya va ishlab chiqarishni birlashtirish, yagona ma’lumotlar bazasini shakllantirish imkoniyati paydo bo‘ldi, bu esa o‘z navbatida rejalashtirilayotgan ishlar va uglevodorod xomashyosi qazib olishni oshirish chora-tadbirlari muvaffaqiyatini oshirish, kompaniyalarda mavjud tadqiqot va laboratoriya quvvatlarini muvofiqlashtirish va jamlash imkonini beradi. Shuningdek tashkilotimiz uchun katta afzallik sifatida ilmiy-tadqiqot, loyiha va dala ishlarining doimiy hajmi bilan tezkor ravishda ta’minlashni qayd etmoqchiman», - dedi GRDC bosh direktori Nazarov Azizbek Ulugbekovich.

Foto: Sanoat Energetika Guruhi MChJ XK

«Geo Research and Development Company MChJ 75 foiz ulushining qo‘lga kiritilishi Sanoat Energetika Guruhi MChJ XKga konlarni o‘zlashtirishda yanada salmoqli natijalarga erishish va pirovardida mamlakatimiz iqtisodiy va ijtimoiy sektorlarini sifatli uglevodorod mahsuloti bilan ta’minlash imkonini beradi», - deya o‘z so‘zini yakunladi Sanoat Energetika Guruhi MChJ XK bosh direktori Fayzullayev Shokir Nasibullayevich.

Geo Research and Development Company (GRDC) kompaniyasi haqida

GRDC kompaniyasi 2019 yilda tashkil etilgan. Uning asosiy faoliyati razvedka loyihalarini tuzish yordamida geologiya-qidiruv ishlarini amalga oshirish, uglevodorod va mineral xomashyo zaxiralarini hisoblash, konlarning uch o‘lchovli geologik-gidrodinamik modellarini barpo etgan holda neft va gaz konlarni samarali ishlashni modernizatsiya qilish, obodonlashtirish tizimlari, jumladan neft va gazni yig‘ish, tayyorlash va transportivka qilish tizimlarini  loyihalashtirish, amaliy loyihalarni ishlab chiqishda turli quduqlarni qurish jarayonlarini optimallashtirish va tezlashtirish, neft va gaz, tog‘-kon sanoatidagi investitsiya loyihalarini texnik-iqtisodiy asoslash, qatlamning neft va gaz berish hajmini oshirishga qaratilgan tadbirlarni ishlab chiqish, oqimni jadallashtirish va quduqlarni ekspluatatsiya qilishda turli asoratlar bilan kurashish hisoblanadi.

Foto: Sanoat Energetika Guruhi MChJ XK

«Geo Research and Development Company» MChJ Baker Hughes, Halliburton, Weatherford singari yetakchi neft va servis kompaniyalari bilan yaqin aloqalar o‘rnatgan, shuningdek u t-Navigator uch o‘lchovli gidrodinamik modellashtirish sohasidagi noyob dasturiy ta’minot ishlab chiquvchisi hisoblangan Rock Flow Dynamics kompaniyasining doimiy vakili va ishonchli hamkori hisoblanadi.

«Sanoat Energetika Guruhi» Matbuot xizmati Ⓣ

Mavzuga oid