Özbekistondagi eng yirik gaz saqlaş ombori – “Gazli”ni boşqaruvçi Gazli Gas Storage kompaniyasi öz ta’sisçilari tarkibida özgariş bölganiga munosabat bildirdi.
Kompaniya bu bayonoti orqali “MÇJning taxmin qilingan mavhum iştirokçilari haqida OAVda asossiz va tuhmat ma’nosidagi çiqişlarga javoban vaziyatni aniqlaştirişi”ni ta’kidlagan.
Avvalroq Kun.uz kompaniyaning 60 foizlik uluşi Rossiyaning “Forus” aksiyadorlik jamiyatidan Hongkongda ta’sis etilgan Daxon Holdings Limited'ga ötgani haqida xabar bergandi (qolgan 40 foiz uluş “Özbekneftgaz”ga tegişli). Gazli Gas Storage bayonotida aytilişiça, bu özgariş 2023 yil oktyabr oyidagi korporativ restrukturizatsiya bilan boğliq.
“Baxtiyor Fozilov restrukturizatsiyadan oldin ham, keyin ham asosiy benefitsiar sifatida qolmoqda. “Gazli Gas Storage” MÇJ sanksiyalar ostida bölgan şaxslarga heç qaçon tegişli bölmagan”, – deyiladi bayonotda.
Hongkongga relokatsiya böliş töğrisidagi qaror Xitoy kompaniyalari bilan keng kölamli biznes aloqalari örnatilgani bilan izohlangan.
“Hongkongda qonuniy röyxatdan ötiş hisob-kitoblarni va qöşimça moliyalaştirişni jalb qilişni, biznesni yanada rivojlantiriş uçun uskunalar sotib olişni osonlaştiradi. Bundan taşqari, qayta taşkil etiş boşqaruv şaklini soddalaştiradi va uni xalqaro investorlar va kontragentlar uçun yanada şaffof va maqbul qiladi”, – deyiladi rasmiy xabarda.
Kompaniya faoliyati Gazli gaz saqlaş omborining siğimini 3 milliarddan 10 milliard metr kubgaça oşiriş, Gazli konining gaz gorizontlari va neft qatlamlarini qöşimça qidiriş va qöşimça işlab çiqişga qaratilgan. Kompaniya bu borada erişgan natijalarini keltirib ötgan.
“Xorijiy investorlarning 310 million dollar miqdoridagi sarmoyalari öz natijasini berdi: gaz omborining quvvati 50 foizga oşib, 4,5 milliard metr kubga yetdi. Birinçi uç yilda neft qazib oliş asosiy rejadan 25-30 foizga oşdi, natijada 47 000 tonna neft qazib olindi va gaz qazib oliş 550 million metr kubga yetdi, bu esa Özbekiston içki bozorining rivojlanişiga yordam beradi”, – deya












