16 noyabr kuni Energetika vazirligi elektr va gaz ta’minotidagi uzilişlar böyiça matbuot anjumani ötkazdi.

Vazir örinbosari Şerzod Xöjayevning sözlariga köra, uzilişlarning 90 foiziga sabab – elektr generatsiyasi uçun yoqilği, ya’ni tabiiy gazning yetişmasligidir.

“Men oçiq ayta olaman, bugungi kunda elektr ta’minotidagi uzilişlarning 90 foizining sababi – elektr tarmoqlarining eskirgani yoki quvvati kamligi emas, balki elektr stansiyalarimizda elektr energiyasini işlab çiqariş uçun yoqilği yetişmasligidir.

Albatta, bu yerda savol tuğiladi: siz qanday texnologiyani işlatişingiz bizga qiziq emas, elektr ta’minotining uzluksizligini sizlardan talab qilişga haqqimiz bor, deyişingiz mumkin. Buni şunçaki hisobot tarzida aytib ötyapmiz. Özbekistonda elektr energiyasining 90 foizi issiqlik elektr stansiyalarida işlab çiqariladi”, – dedi Şerzod Xöjayev.

Kun.uz'dagi işonçli ma’lumotga köra, xususiy kompaniya – “Sanoat energetika guruhi” MÇJga gaz eksporti uçun şu yil qabul qilingan yopiq qaror asosida eksklyuziv imtiyozlar berilgan. Boz ustiga, 2021 yilni hisobga olmaganda, oxirgi 6 yilda gaz qazib oliş faqat kamayib boryapti.

Kun.uz muxbiri matbuot anjumanida şu haqda aytib ötdi va elektr uzilişlarining asosiy sababi deya körsatilgan gaz yetişmovçiligi yuzasidan savol berdi: “Yerosti boyliklarini Özbekiston davlati ixtiyoriga töliq qaytariş vaqti kelmadimikan?”

Vazir örinbosari savolga javoban imtiyozlar haqida ham, tabiiy boyliklarni davlat ixtiyoriga qaytariş haqida ham gapirmadi; buning örniga xususiy kompaniya gaz qazib çiqariş rejasini ortiği bilan bajarayotganiga urğu berdi.

“Sanoat energetika guruhi”ga konlarning berilişi gaz ta’minotining yomonlaşuviga olib keldimi, yöqmi degan savolga aniq javob aytaman. Kunlik gaz qazib çiqariş rejasining bajarilişi aynan “Sanoat energetika guruhi” tizimida 131 foiz. Ya’ni kompaniya gaz qazib çiqarib, içki bozorga yönaltiriş böyiça öz majburiyatlarini bajaryapti. Biz rejani bajarmayapti yoki yetarliça investitsiya kiritmaslik natijasida gaz qazib çiqariş sur’atlari tuşib ketyapti deb bu kompaniyaga ayblov qöya olmaymiz”, –