Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Energetika vazirligi tomonidan Yashnobod tumanida zamonaviy bog‘ barpo etildi
Yangi yil bayrami arafasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tashabbusi bilan joriy etilgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi tomonidan Toshkent shahrining Yashnobod tumani Alimkent ko‘chasi bo‘yida joylashgan hududda zamonaviy bog‘ barpo etilib, foydalanishga topshirildi.
Foto: Energetika vazirligi matbuot xizmati
Ushbu zamonaviy yashil maskanning umumiy maydoni 1,5 gektar bo‘lib, uning tarkibiga elektron kutubxona, bepul Wi-Fi hududlari bilan jihozlangan ko‘kalamzorlashtirilgan alleya, vorkaut hududi va avtoturargoh kirgan.
Bog‘ hududi ikkita zamonaviy monitor, 40 ta o‘rindiq, musiqali ovoz kuchaytirgich vositalari bilan jihozlangan. Elektr energiyasidan oqilona foydalanish maqsadida 80 dona quyoshdan quvvatlanuvchi yoritish chiroqlari o‘rnatilgan.
- Prezidentimizning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida qarovsiz hududda Yashnobod tumani hokimligi bilan kelishilgan holda zamonaviy bog‘ bunyod etishni niyat qilgan edik va mana ko‘rib turganingizdek, qisqa vaqt ichida ushbu shinam maskan bunyod etilib, foydalanishga topshirildi, - deydi Energetika vaziri maslahatchisi - matbuot kotibi E.Bekmurodova.
Energetika vazirligi Matbuot xizmati Ⓣ
Mavzuga oid
19:36 / 16.01.2026
Sovuq kunlarda elektr va gaz ta’minotida cheklovlar bo‘lishi mumkin – vazirlik
22:41 / 07.01.2026
«Metan zapravkalar» faoliyatiga 8 yanvardan yana cheklovlar joriy qilindi
12:10 / 05.01.2026
Boysunda neft sizib chiqdi. Vazirlik vaziyat nazoratga olinganini ma’lum qildi
22:13 / 29.12.2025