Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy fazoviy parvozlar bo‘yicha rekord o‘rnatdi
Foto: Xinhua
Xitoy 2021 yilda fazoviy parvozlar bo‘yicha jahon rekordini o‘rnatdi. Space News nashrining xabar berishicha, Xitoy yakunlanayotgan yilda fazoga 55ta raketa-tashuvchini uchirgan va bu 2020 yilga nisbatan 40 foiz ko‘proqni tashkil qiladi.
Xitoy aerokosmik fan va texnika korporatsiyasining ta’kidlashicha, mamlakat bu ko‘rsatkich bo‘yicha ilk bor AQShdan o‘zib, dunyoda 1-o‘ringa chiqib oldi.
Xitoy oktyabrda joriy yildagi 40-parvozni amalga oshirib, o‘zining rekordini yangilashga muvaffaq bo‘lgandi. Xitoyning 39ta parvozdan iborat avvalgi rekordi 2018 yilda qayd qilingan va 2020 yilda takrorlangandi.
30 dekabrda Pekin vaqti bilan soat 00:43da Xitoy joriy yildagi oxirgi fazoviy parvozni amalga oshirdi. Uning davomida Sichan kosmodromidan orbitaga “Chanchjen-3B” raketa-tashuvchisi yordamida “Shiyan-9” tajribaviy aloqa sun’iy yo‘ldoshi chiqarildi.
Mavzuga oid
23:16 / 10.04.2026
Dunyodagi eng baland osmono‘par binolardan biri 18 yillik tanaffusdan so‘ng qurib bitkaziladi
21:28 / 10.04.2026
Tayvan muxolifati yetakchisi Pekinda Si Jinping bilan uchrashdi
08:10 / 09.04.2026
Elektromobillar poygasi: kim dunyoda yetakchi?
07:45 / 09.04.2026