Jahon | 14:54 / 03.01.2022
12407
2 daqiqa o‘qiladi

Bayden Zelenskiyga Rossiya hujum qilgan taqdirda «qat’iy javob» berilishini va’da qildi

30 dekabr kuni Jo Bayden Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefonda muloqot qilgandi. 

Foto: Reuters

AQSh prezidenti Jo Bayden Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan telefon orqali muloqotida Vashington va uning ittifoqchilari Rossiya Ukrainaga bostirib kirgan taqdirda qat’iy choralar ko‘rishga tayyorligini aytdi. Bu haqda Oq uy matbuot xizmati xabar berdi.

«Prezident Bayden Qo‘shma Shtatlar, uning ittifoqchilari va hamkorlari agar Rossiya Ukrainaga bostirib kirish choralarini davom ettiradigan bo‘lsa, qat’iy javob qaytarishlarini bildirdi», — deyiladi Oq uy vakili Jyen Psakining bayonotida.

Qayd etilishicha, davlat rahbarlari vaziyatning diplomatik yo‘l bilan hal etilishini qo‘llab-quvvatlagan.

30 dekabr kuni Jo Bayden Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefonda muloqot qilgandi.  

Jyen Psakining so‘zlariga ko‘ra, suhbat davomida Bayden «Rossiya Ukrainaga yana bostirib kiradigan bo‘lsa, AQSh va ittifoqchilari munosib javob berishini tushuntirdi».

Rossiya prezidentining tashqi siyosat bo‘yicha yordamchisi Yuriy Ushakov Bayden o‘zaro muloqotda Putinga sanksiyalar haqida gapirganini tasdiqladi: «Bayden navbatdagi marta sanksiyalar haqida gapirgan. Bu haqda 7 dekabr kungi suhbatda ham aytilgan edi. Bizning prezident esa bu munosabatlar butunlay darz ketishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan qadam ekanini aytdi».

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid