Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tojikiston Afg‘onistonga 69 mln dollarlik elektr energiyasi yetkazib beradi
Ma’lumot berilishicha, Afg‘oniston Tojikistonga 110 kV elektr uzatish liniyalari bo‘yicha har bir kilovatt elektr uchun 3 sentdan va 220 kV elektr uzatish liniyalari bo‘yicha har bir kilovatt elektr uchun 4,5 sentdan to‘laydi.
Tojikiston 2022 yilda Afg‘onistonga 1,5 mlrd kVt/soat elektr energiyasi yetkazib beradi, deb ma’lum qildi «Tolibon» harakati vakili Inomulla Samangoniy.
«Afg‘oniston, Tojikiston va O‘zbekiston o‘rtasida imzolangan yangi kelishuvlarga ko‘ra, 2022 yilda Tojikiston Afg‘onistonga 1,5 milliard kVt/soat, O‘zbekiston esa 2 milliard kVt/soat elektr energiyasi yetkazib beradi», - dedi u.
Samangoniyning so‘zlariga ko‘ra, shartnomalar qiymati mos ravishda 69 mln va 100 mln dollarni tashkil etadi.
Ma’lumot berilishicha, Afg‘oniston Tojikistonga 110 kV elektr uzatish liniyalari bo‘yicha har bir kilovatt elektr uchun 3 sentdan va 220 kV elektr uzatish liniyalari bo‘yicha har bir kilovatt elektr uchun 4,5 sentdan to‘laydi.
Avvalroq Da Afghanistan Breshna Sherkat (DABS) va «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ o‘rtasida Afg‘onistonga elektr energiyasi yetkazib berish bo‘yicha shartnoma imzolangani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
14:26 / 05.07.2026
Afg‘onistondan dronda narkotik olib o‘tishning oldi olindi
13:47 / 29.06.2026
Pokiston yana Afg‘onistonga hujum qildi
23:12 / 28.06.2026
Chilonzor va Yakkasaroy tumanlarining bir qismida elektr ta’minoti qayta tiklandi
18:19 / 22.06.2026