Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mudofaa vazirligi qo‘shinlarining mashg‘ulotlarni tungi sharoitda o‘tkazishi ko‘paytiriladi
Mudofaa vazirligi qo‘shinlarining jangovar shayligi va tayyorgarligi hamda o‘quv moddiy-texnik bazasini yanada takomillashtirish mo‘ljallanmoqda.
2022–2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasini 2022 yilda amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” loyihasiga ko‘ra, zamonaviy jang va harbiy mojarolar hamda xorijiy armiyalarning ilg‘or tajribasini o‘rganish asosida qo‘shinlar jangovar shayligi va tayyorgarligini rivojlantirish ko‘zda tutilgan.
Qo‘shinlar tayyorgarligi intensivligi va sifat darajasini oshirish, mashq va mashg‘ulotlarni tungi sharoitlarda o‘tkazishni bosqichma-bosqich ko‘paytirib borish ham rejalashtirilmoqda.
Bundan tashqari, fuqarolarning harbiy xizmatni o‘tash tartibi yanada takomillashtiriladi. Fuqarolarning harbiy xizmatni o‘tash jarayonidagi mavjud muammolar vazirlik va idoralar bilan birga tahlil qilinadi hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar tayyorlanadi.
Shuningdek, O‘zbekiston Qurolli kuchlarida yagona axborot kommunikatsiya tizimini yaratish va axborot xavfsizligini ta’minlash ko‘zda tutilgan.
Bunda, Qurolli kuchlar axborot almashish maxsus tizimlari integratsiya qilinadi va yagona himoyalangan axborot-kommunikatsiya tizimi yaratiladi.
Mudofaa vazirligi axborot xavfsizlik bo‘linmalari faoliyati takomillashtiriladi va zamonaviy texnik vositalar bilan jihozlanadi hamda soha yo‘nalishi bo‘yicha malakali mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlash tizimi takomillashtiriladi.
Mavzuga oid
08:22 / 05.06.2026
Qaysi davlatlar mudofaa uchun eng ko‘p mablag‘ ajratyapti?
08:28 / 24.04.2026
Reyting: dunyodagi eng yirik 15 ta mudofaa budjeti
15:44 / 19.03.2026
Ukraina va Ispaniya mudofaa sohasida yangi kelishuvlar imzoladi
18:43 / 03.03.2026