Hammasi xayrli yakun topişidan umid qilib, faqat rasmiy xabarlar bilan çeklanib turdik. Garçi iqtisodiy talablar sekin-asta siyosiy talablarga aylana boşlagan bölsa-da, Qozoğiston rahbariyati zarur çoralar köra boşladi.
Tunda Internet tiklangaç, Qozoğistondagi eng katta şahar Olmaotadan qörqinçi kadrlar kela boşladi: tasvirlarda qandaydir talablar bilan çiqayotgan namoyişçilarni emas, ekskavatorlar bilan bank binolariga hujum qilayotganlar, hokimiyat va prokuratura binosiga öt qöyganlar, magazin va restoranlarning eşik-derazasini sindirib, talayotganlarga közimiz tuşdi. Hatto, yonğinlarni öçiriş uçun kelgan öt öçiriş maşinalariga ham öt qöyilibdi...
Jurnalistlar garovga olingan. Strategik obekt — Olmaota aeroportiga ham kirib borişgan, samolyotlar egallangan...
Şahar böylab tezroq harakatlaniş uçun avtomaşinalar olib qoçilgan, ularning davlat raqami yulib taşlangan. Bularning barçasini «namoyişçilar» deb atalayotgan qurolli şaxslar (ularning aksariyati yoşlar) heç qanday tösiqsiz va tartib posbonlarining yöq bölib qolişlari fonida amalga oşirişgan...

Valeriy Şarifullin / TASS / Scanpix / LETA
Tartibsizliklar qurbonlari soni tilga olinib, öldirilganlarning tasvirlari tarqala boşlandi. Köçalardan birida 12 yoşli bolaga qarata öq uzilgan video ham tarqaldi.
«Bunday bezbetlik va boşboşdoqlikdan lol-u hayron almatiliklar şokka tuşib qolişdi, biroq qöllaridan heç narsa kelmasdi. Yaxşiyamki, masjid va çerkovlarda, metro va savdo markazlarida, konsert va ommaviy tadbirlarda terakt uyuştiradigan mutaassiblar emas, oddiy marginallar bu işga qöl urayotgan edi. Aks holda nimalar yuz berişini tasavvur qiliş ham qiyin.
Bu hokimiyatning barça böğinlarining töliq tanazzuli! Ular qöllay olgan yagona çora — internetni uzib qöyiş va aholi örtasida yanada köproq tahlika uruğini soçiş böldi. Böldi! Ularni boşqa heç kim körgani va sezgani yöq», — deb yozadi qozoğistonlik jurnalistlardan biri.
Qozoğistonliklar odamlar ölimiga sabab bölgan bu tartibsizliklarning ustida turgan va uni uyuştirganlar, tartibsizliklarning oldini olmaganlar topilib, jazolanişini istaşmoqda.
Albatta, xalq u yoki bu masalada öz e’tirozlarini bildirişga, muammolarini bayon etişga haqli. Qolaversa, koronavirus pandemiyasi çoğida iqtisodiyot pasaydi, juda köpçilikning doimiy daromadida uzilişlar paydo böla boşladi. Asabiy va norozi kayfiyat hammada bor edi. Hatto atrofdagi respublikalarga nisbatan xalqining turmuş darajasi yuqori bölgan Qozoğistonda ham.



















