Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2022 yilda 21 ming fuqaroga «ishchi viza» bilan bog‘liq xarajatlari uchun kompensatsiya to‘lanadi
Xorijiy davlatlarda ishlash istagida bo‘lgan fuqaroni kasb-hunar va xorijiy tillarga o‘qitishni amalga oshirish rejalashtirilmoqda. Bu 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasini 2022 yilda amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” loyihasida belgilangan.
Xususan, xorijiy davlatlarning mehnat bozori ehtiyojlarini o‘rganish, eng ko‘p talab etiladigan kasbiy mutaxassisliklarni aniqlash va fuqarolarni ushbu mutaxassisliklarga yo‘naltirish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish ko‘zda tutilmoqda.
Respublika darajasi va hududlar kesimidagi kasb-hunarga va xorijiy tillarga o‘qitish chora-tadbirlar rejasini tashqi mehnat migratsiyasiga yuborish dasturi doirasida tasdiqlash ham mo‘ljallangan.
Bunda, “Ishga marhamat” monomarkazlari, kasb-hunarga o‘qitish markazlari, qurilish sohasi malakali mutaxassislarini tayyorlash markazlari, qisqa muddatli kasb-hunarga o‘qitish kurslari, kasb-hunarga o‘qitish maskanlari, turli vazirlik va idoralar hamda nodavlat ta’lim muassasalari quvvatlari va imkoniyatlaridan samarali foydalanish choralarini ko‘rish rejalashtirilgan.
Xorijda ishlash istagida bo‘lgan fuqarolarni kasb-hunarga va xorijiy tillarga o‘qitish tashkil etiladi. Bunda, 50 ming nafar fuqaro o‘qitiladi.
2022 yilda 21 ming kasbga o‘qigan fuqarolarga xorijiy tillar yoki kasb bo‘yicha malaka imtihonlarini topshirish, yo‘l chiptasini xarid qilish, rivojlangan davlatlarda mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun “ishchi viza”ni rasmiylashtirish bilan bog‘liq xarajatlari uchun kompensatsiya to‘lanadi.
Mavzuga oid
19:00 / 28.04.2026
«Aksiyadorlardan qarzdorlik yo‘q, kompensatsiya masalasida sudlashyapmiz» – Toshkent yog‘-moy kombinati AJ
22:27 / 07.04.2026
Davlat organi yoki mansabdor shaxsning noqonuniy qarori tufayli yetkazilgan zararni qoplash tartibi belgilanadi
18:28 / 07.04.2026
Renovatsiyada mulkdorlarga yetkazilgan noqulaylik uchun qo‘shimcha kompensatsiya to‘lanishi mumkin
14:15 / 01.04.2026