Senatning 7 apreldagi majlisida «Şaharsozlik renovatsiyasi töğrisida»gi Qonun muhokama qilindi va ma’qullandi.

Qayd qilinişiça, qonunning asosiy maqsadi aholining yaşaş şaroitini yaxşilaş, seysmik jihatdan xavfli va jismonan eskirgan binolarni bosqiçma-bosqiç yangilaş, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini modernizatsiya qiliş hamda şahar muhitini zamonaviy talablar asosida şakllantirişdan iborat.

Ta’kidlanişiça, şaharsozlik renovatsiyasini amalga oşiriş jarayonlari oçiq va şaffof bölişi, renovatsiya dasturi jamoatçilik uçun oçiq bölgan “Şaharsozlik renovatsiyasi” elektron platformasiga joylaştirilişi va ommaviy axborot vositalari hamda vakolatli organlarning rasmiy veb-saytlarida e’lon qilib borilişi alohida belgilanmoqda.

Şu bilan birga, kompensatsiyaning tört xil şakli nazarda tutilmoqda. Jumladan, kompensatsiya şaharsozlik renovatsiyasi hududidagi yangi yoki boşqa joydagi turar va noturar toifadagi obektni mulk qilib beriş, pul mablağlari yoxud kelişuv bitimida nazarda tutilgan boşqa şakllar orqali amalga oşiriladi. Kompensatsiya şakli mulkdor va Şaharsozlik renovatsiyasini amalga oşiriş direksiyasi örtasidagi kelişuvga muvofiq ixtiyoriy ravişda tanlanadi.

Mulkdorlarga yetkazilgan noqulayliklar uçun kompensatsiya miqdorining ön ikki foizi miqdorida bir martalik pul mablağlari berilişi belgilanmoqda.

Tenglik va ijtimoiy himoyaga muhtoj aholining huquqlarini himoya qilişning ustuvorligi şaharsozlik renovatsiyasining asosiy tamoyillaridan biri etib belgilanmoqda. Bundan taşqari, köçiriş yoki vaqtinça ijaraga çiqiş zarurati yuzaga kelganda fuqarolar tayyor hududga, nogironligi bölgan şaxslar esa qulay muhitga ega turar joylarga köçirilişi nazarda tutilmoqda.

Qonunda mulkdorlar huquqlarining ustuvorligi tamoyili belgilanib, davlat organlari bilan özaro munosabatlarda yuzaga keladigan barça ziddiyatlar va noaniqliklar mulkdor foydasiga talqin etilişi kafolatlari mustahkamlanmoqda.

Senat a’zolari öz çiqişlarida eskirgan uy-joy fondini yangilaş va aholiga zamonaviy infratuzilma yaratişga qaratilgan mazkur Qonun şaharlarning barqaror va rejali rivojlanişini ta’minlaşga xizmat qilişini ta’kidladi.