Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mehnat migratsiyasidan qaytib kelgan fuqarolar uchun yangi loyiha amalga oshiriladi
Mehnat migratsiyasidan qaytib kelgan fuqarolar bandligini ta’minlash va reintegratsiya qilish choralarini ko‘rish, “O‘z kelajagimga o‘zim investor” loyihasini samarali amalga oshirish rejalashtirilmoqda.
2022–2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasini 2022 yilda amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” loyihasiga ko‘ra, xorijdan qaytgan fuqarolar kasb va ko‘nikmalari bo‘yicha o‘rganishlar olib borish, ularning bandligini ta’minlash, kasb va ko‘nikmalarga qayta tayyorlashga ehtiyoj, tadbirkorlikka jalb etish imkoniyatlarini ko‘rib chiqib, manzilli dasturlar tayyorlash ko‘zda tutilgan.
Xorijdan qaytgan fuqarolarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar ko‘lami tanqidiy ko‘rib chiqiladi, samarali ko‘mak ko‘rsatish tizimi yaratiladi.
“Yangi ish o‘rinlarini tashkil etish va aholi bandligiga ko‘maklashish bo‘yicha davlat dasturi” doirasida: xorijdan qaytgan fuqarolarni manzilli ishga joylashtirish; kasb-hunarga o‘qitish orqali qayta tayyorlash; tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish choralarini ko‘zda tutish mo‘ljallangan.
Tasdiqlangan dastur asosida 160 ming nafar xorijdan qaytgan fuqarolarni doimiy va vaqtinchalik ish o‘rinlariga ishga joylashtirish, kasbga o‘qitish hamda tadbirkorlikka jalb qilish nazarda tutilmoqda.
“O‘z kelajagimga o‘zim investor” loyihasi doirasida xorijda ishlab kelgan va vatanida tadbirkorlik qilmoqchi bo‘lgan fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash tizimi yaratiladi.
Bunda, kamida 20 ming nafar tadbirkorlar o‘z faoliyatini boshlashi uchun ularga bo‘sh bino-inshootlar ajratilishida, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanishga, kredit mablag‘lari olishiga ko‘maklashish, yollanma ishchilarning kasbiy malakasini oshirish va boshqa masalalarda yordam berish rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
17:43 / 04.06.2026
1 iyundan Rossiya qonunchiligida migrantlar uchun qator o‘zgarishlar kuchga kirdi
18:42 / 01.06.2026
YeI Qozog‘iston va O‘zbekistonda migratsiya markazi ochishi mumkin - OAV
18:32 / 27.05.2026
2026 yilda ko‘chib o‘tish uchun eng yaxshi mamlakatlar e’lon qilindi
23:10 / 25.05.2026