Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
NATO bosh kotibi Ukraina tufayli harbiy nizo kelib chiqishi ehtimoli borligini aytdi
Yyens Stoltenbergning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya kuchlarini ko‘paytirishni to‘xtatmayapti. Bu Yevropada qurolli nizo kelib chiqishining real xavfi borligini bildiradi.
Foto: AP Photo/Roman Koksarov
Alyans Moskva va NATOning xavfsizlik bo‘yicha muzokaralari muvaffaqiyatsiz yakunlangan taqdirda Rossiyaning Ukrainaga qarshi tajovuziga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Bu haqda NATO bosh kotibi Yyens Stoltenberg ma’lum qildi.
"Biz Rossiya bilan ochiq va haqqoniy muzokaralarga tayyormiz, biroq diplomatiya muvaffaqiyatsizlikka uchrashiga ham tayyor turishimiz lozim. Shu bois Rossiyaga juda qattiq signal yo‘llaymiz, agar u qo‘shni mamlakatga qarshi harbiy kuch qo‘llashga urinsa, keskin oqibatlar, iqtisodiy, siyosiy va moliyaviy sanksiyalar kelib chiqadi", - dedi Stoltenberg.
Uning qayd etishicha, NATO Yevropada Ukraina tufayli yangi harbiy nizo kelib chiqishi mumkin deb hisoblaydi.
"Rossiya kuchlarini ko‘paytirishni to‘xtatmayapti, bu davom etyapti. Bu Yevropada qurolli nizo kelib chiqishining real xavfi borligini bildiradi. Shu sababli Rossiya bilan muloqot muhim", - dedi u.
Eslatib o‘tamiz, 10 yanvar kuni Jyenevada AQSh-Rossiya, 12 yanvar kuni Bryusselda Rossiya-NATO muzokaralari bo‘lib o‘tadi. Tomonlar Ukraina va Yevropadagi xavfsizlik masalalarini muhokama qilishi ko‘zda tutilgan.
Mavzuga oid
21:56 / 20.05.2026
Putin Xitoyga tashrifini yakunladi: asosiy ma’lumotlar
19:30 / 20.05.2026
Ukraina va Erondagi urushlar: o‘xshashlik va tafovutlar
18:02 / 20.05.2026
Si Putin bilan Rossiya gazi uchun shartnoma tuzishni yana rad etdi
08:58 / 20.05.2026