07:32 / 08.01.2022
11880

Auksion orqali 6 mlrd so‘mlik avtoraqamlar sotildi

27 dekabr – 2 yanvar kunlari "O‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi"ning barcha savdo platformalarida 1,8 trln so‘mlik tovarlar sotilgan bo‘lib, bu avvalgi haftaga nisbatan 19,3 foizga kam.

Foto: Kun.uz

Bunda sotuvlarning 88,4 foizi - birja savdolari, 0,2 foizi - ko‘rgazma-yarmarka savdolari, 11 foizi - elektron davlat xaridlari va 0,3 foizi avtoraqamlarning onlayn-auksioniga to‘g‘ri keldi.

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’yektlari ishtirokida tuzilgan bitimlarning umumiy hajmi 700,9 mlrd so‘mni tashkil qildi. Davlat xaridlari tizimlarida o‘tkazilgan elektron savdolar natijasida budjet va korporativ buyurtmachilarining qariyb 15,5 mlrd so‘mlik mablag‘lari tejaldi.

Ko‘rib chiqilayotgan davr mobaynida onlayn auksion orqali 2 078 ta avtoraqamlar sotildi, sotilgan davlat raqam belgilarining umumiy summasi 6,0 mlrd so‘mni tashkil qildi. Savdolar natijasida bitimlarning 9,0 foizi birinchi toifadagi avtoraqamlarga, 14,4 foizi ikkinchi, 13,7 foizi uchinchi, 13,5 foizi to‘rtinchi, 19,0 foizi beshinchi va 30,4 foizi oltinchi toifa avtoraqamlarga tegishli bo‘ldi.

Mavzuga oid
Top