11:01 / 10.01.2022
5903

Nyu-Yorkdagi ko‘p qavatli uyda sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida 19 kishi halok bo‘ldi

Nyu-Yorkdagi ko‘p qavatli uyda sodir bo‘lgan yong‘inda kamida 19 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda o‘t o‘chirish bo‘limidagi manbaga tayanib, Associated Press xabar berdi.

Foto: AP

Uning so‘zlariga ko‘ra, yong‘in qurbonlari orasida to‘qqiz nafar bola ham bor. Yong‘in shahar shimolidagi Bronks hududidagi «Tvin Park» ko‘p qavatli binosida sodir bo‘lgan. 

Avvalroq voqea joyiga shaharning yangi meri Erik Adams yetib kelgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, gap shahar tarixidagi eng yirik yong‘in qurbonlari haqida ketmoqda – 63 kishi jarohatlangan, ulardan 32 nafarining hayoti xavf ostida. Yong‘in sabablari hozircha noma’lum. 

Yong‘in 19 qavatli turar joy binosining quyi qavatlaridan birida sodir bo‘lgan. Yong‘in boshlangani taxmin qilinayotgan xonadon eshigi ochiq bo‘lgan va bu yong‘in hamda tutunning tez tarqalishiga sabab bo‘lgan. Ikkinchi va uchinchi qavatlar yonib ketgan, ammo tutun keyingi qavatlarga ko‘tarilgan. Nyu-York shahar o‘t o‘chirish boshqarmasi boshlig‘i Daniyel Nigroning so‘zlariga ko‘ra, «qurbonlar binoning har bir qavatida topilgan», ko‘pchilik tutundan bo‘g‘ilib qolgan va yuqori nafas yo‘llari kuygan.

Taxminlarga ko‘ra, yong‘in soat 11:00 (Toshkent vaqti bilan 21:00) dan keyin boshlangan va 14:00 (Toshkent vaqti bilan 00:00)da o‘chirilgan, deb xabar berdi TASS muxbiri voqea joyidan. Yong‘inga maksimal, beshinchi toifa berilgan, hodisaga 200 nafar o‘t o‘chiruvchi jalb qilingan. 

Mavzuga oid
Top