Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qarshi shahar hokimligi tadbirkorning noqonuniy buzilgan obekti uchun kompensatsiya to‘lab beradi
Sud qaroriga ko‘ra, Qarshi shahar hokimligi tadbirkorning noqonuniy buzilgan obekti uchun kompensatsiya to‘lab beradi. Bu haqda Biznes ombudsman xabar bermoqda.
Xabarda ma’lum qilinishicha, “Construction” XK (nomi o‘zgartirilgan) Qarshi shahar hokimligining harakatlaridan norozi bo‘lib, Biznes ombudsmanga murojaat qilgan.
Biznes ombudsmanning Qashqadaryodagi vakili tomonidan o‘tkazilgan surishtiruvda aniqlanishicha, Qarshi shahar hokimining qarori bilan tadbirkorga avtomobillar qatnov yo‘lida joylashgan hududdan avtobus bekati qurish uchun yer maydoni ajratilgan.
Ammo keyinchalik mazkur yo‘l kengayishi natijasida yer uchastkasi davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilishi munosabati bilan avtobus bekati hokimning tegishli qarorisiz noqonuniy ravishda buzilgan.
Noqonuniy buzilgan avtobus bekati yer maydoni bilan 312,5 million so‘m qiymatga baholangan.
Qayd etilishicha, Biznes ombudsmanning Qarshi tumanlararo iqtisodiy sudiga kiritilgan da’vo arizasi natijasida, “Construction” XK foydasiga Qarshi shahar hokimligi hisobidan 312,5 million so‘mlik kompensatsiya undirilishi belgilangan.
Mavzuga oid
17:59 / 14.07.2026
Ish haqi kechikkanda ish beruvchining kompensatsiya to‘lash tartibi belgilanadi
09:01 / 09.07.2026
Ayrim harbiylar uchun ijara puli 25 foizga oshadi
10:16 / 02.07.2026
“Yangi uyda yashashni hamma xohlaydi” - toshkentliklar renovatsiyaga qanday fikrda?
18:07 / 11.06.2026