Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda bir necha oy davomida 22 soat dars o‘tgan o‘qituvchiga 20 soatga ish haqi to‘langani ma’lum bo‘ldi
Ijtimoiy tarmoqlarda Qarshi tumani XTBga qarashli 12-maktab o‘qituvchisi B.Rasulovning 22 soat dars o‘tganiga qaramasdan 20 soat uchun maosh to‘lashgani aytilgan murojaati tarqaldi. Holatga viloyat prokuraturasi munosabat bildirdi.
Munosabatda ma’lum qilinishicha, o‘qituvchiga 2 soat oshiqcha dars yuklatilgani holati Qarshi tumani prokuraturasi va XTB mas’ullari ishtirokida o‘rganilgan.
O‘rganish davomida maktab direktorining o‘quv-tarbiyaviy ishlari bo‘yicha o‘rinbosari tomonidan 2021/2022 o‘quv yili dars jadvali noto‘g‘ri shakllantirilib, B.Rasulovga asossiz ravishda 22 soat dars qo‘yib yuborilgani aniqlangan.
Oqibatida o‘qituvchi B.Rasulov sentabr-noyabr oylarida 2 soat ortiqcha dars o‘tib kelgan. Biroq o‘qituvchiga 2 soat qo‘shimcha dars berish bo‘yicha maktab direktorining buyrug‘i rasmiylashtirilmagan.
Qayd etilishicha, hozirda maktab ma’muriyati tomonidan yo‘l qo‘yilgan xatolik to‘liq bartaraf etilib, 2022 yil yanvar oyidan boshlab, o‘qituvchi B.Rasulovga dars jadvali asosida 22 soat dars soatlari ajratilishi ta’minlangan.
O‘rganishda tuman XTBning 2022 yil 8 yanvardagi 7-K-sonli buyrug‘i bilan 12-maktab direktori o‘rinbosariga yuqoridagi kamchiliklarga yo‘l qo‘ygani, o‘quv soatlarining dars jadvaliga muvofiqligini nazorat qilib bormagani va mehnat faoliyatida boshqa kamchiliklarga yo‘l qo‘ygani sababli hayfsan intizomiy jazosi qo‘llangan.
Shuningdek, o‘qituvchi B.Rasulov o‘z tushuntirishida murojaatini o‘rganib chiqish bo‘yicha qoniqish hosil qilganini, tuman prokuraturasi va mas’ullarning amaliy yordami bilan dars soatlari 22 soat etib belgilanganini, murojaati bo‘yicha hech kimga nisbatan da’vo e’tirozi yo‘qligini bayon qilgan.
Mavzuga oid
09:35 / 08.07.2026
Qashqadaryoda davlat mehnat huquq inspektori firibgarlikda ushlandi
23:02 / 03.07.2026
“O‘lganning ustiga tepgan”: Qashqadaryoda o‘nlab fuqaroning kreditga olingan mashinalari g‘oyib bo‘ldi
15:20 / 19.06.2026
Samarqandda maktab o‘quvchisi o‘z joniga qasd qildi. U sinf rahbari tomonidan kaltaklangani aytilmoqda
22:01 / 13.06.2026