Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda YPX xodimiga pora berishga uringan haydovchi qo‘lga olindi
Qarshi shahrida YPX xodimiga pora berishga uringan haydovchi qo‘lga olingan. IIV YHXBB xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, 2022 yil 9 yanvar kuni Qarshi shahar, Xonobod va Jayxun ko‘chalari kesishgan chorraha yaqinida YPX xodimi J.Hasanov tomonidan Epica mashinasi to‘xtatilgan.
Tekshiruv davomida haydovchi U.B.ning og‘iz bo‘shlig‘idan spirtli ichimlik hidi kelgani bois, YPX xodimi uni tekshiruvdan o‘tishga taklif qilgan. Haydovchi spirtli ichimlik ichganini tan olgan, lekin tekshiruvdan o‘tishdan bosh tortgan.
Belgilangan tartibda bayonnoma tuzilib, mashinani jarima maydoniga olib borish vaqtida, haydovchi chora ko‘rilmasligi evaziga YPX xodimiga 1,5 million so‘m pora taklif qilgan.
Xodim ushbu holat yuzasidan IIV ShXBB Qashqadaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlariga xabar berib, pora taklif etayotgan haydovchiga qonuniy chora ko‘rilishini so‘ragan.
9 yanvar kuni soat 19:10 larda, huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, Qarshi shahrida fuqaro U.B. YPX xodimiga 2 million so‘mni chora ko‘rilmasligi evaziga pora tariqasida berayotgan vaqtda qo‘lga olingan.
Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Qarshi shahar prokuraturasi tomonidan Jinoyat Kodeksining 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
18:29 / 13.06.2026
Toshkentda fuqarodan ming dollar talab qilgan tuman gaz ta’minoti bo‘limi xodimi ushlandi
15:47 / 13.06.2026
Poraxo‘rlik jinoyati ishtirokchilari muddatidan ilgari ozod qilinmaydi
09:45 / 13.06.2026
Guliston shahar hokimligi xodimi pora bilan ushlandi
18:28 / 12.06.2026