Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent viloyatidagi bozorlarda undiriladigan yig‘imlarning yangi miqdorlari joriy etiladi
Toshkent viloyati hokimining “Toshkent viloyatidagi bozorlar va savdo komplekslari ma’muriyati tomonidan 2022 yilda undirib olinadigan bir martalik yig‘imlar, ijara to‘lovlari va ko‘rsatilgan xizmatlar qiymatining yangi miqdorlarini joriy etish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.
Hujjat bilan :
- viloyatdagi bozorlar va savdo komplekslari ma’muriyati tomonidan undirib olinadigan bir martalik yig‘imlarning miqdorlari;
- inventarlarini ijaraga berish va ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun undiriladigan to‘lovlarning miqdorlari;
- bino va inshootlardan foydalanganlik uchun ijara to‘lovlarining miqdorlari;
- umumiy foydalaniladigan obektlarni saqlash bo‘yicha ko‘rsatiladigan majburiy xizmatlar uchun undiriladigan to‘lovlarning miqdorlari;
- “Bek Baraka ixtisoslashgan savdo kompleksi” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan yilda undirib olinadigan bir martalik yig‘imlar, ijara to‘lovlari va ko‘rsatiladigan xizmatlar qiymatining miqdorlari tasdiqlanadi.
Belgilab qo‘yilishicha, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari va xalq iste’moli mollari bilan savdo qilinganda, bitta savdo o‘rnining o‘lchami 1-1,2 pogon metr, shuningdek poliz mahsulotlari, gullar va ko‘chatlar, idishli va o‘ramli mahsulotlar sotishda esa 6,0 kv metrgacha o‘lchamda belgilanadi va shu o‘lchamdan ortiq egallangan o‘rin uchun qo‘shimcha ravishda har bir savdo o‘rni uchun belgilangan to‘lov miqdorida joy haqi undiriladi.
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari va xalq iste’moli mollari aralash holda sotilganda, to‘lov sotiladigan mahsulot turlari bo‘yicha belgilangan eng yuqori stavka bo‘yicha undiriladi.
Bozor hududida davlat qiyoslov ko‘rigidan o‘tganligi haqidagi maxsus sertifikatga ega bo‘lgan shaxsiy tarozilar va boshqa o‘lchov anjomlaridan, shuningdek yuklarni tashish uchun shaxsiy aravachalardan foydalanilganda, ushbu xizmatlardan belgilangan tariflarga muvofiq to‘lovlar undiriladi.
- Bozorlar va savdo komplekslari hududidagi umumiy foydalaniladigan obektlarni saqlash bo‘yicha ko‘rsatiladigan majburiy xizmatlar bozorlar va savdo komplekslari hududidagi bino va inshootlar mulkdorlariga ko‘rsatiladi hamda ular uchun kadastr hujjatlarida ko‘rsatilgan egallagan yer maydonlaridan kelib chiqib haq undiriladi;
- Bozorlar va savdo komplekslarining foydalanishida bo‘lgan, lekin bandligi ta’minlanmayotgan, faoliyat ko‘rsatmayotgan yoki samarasiz foydalanilayotgan yer maydonlari, shuningdek bino, inshootlar “Toshvilbozorsavdo” uyushmasining taklifiga asosan belgilangan tartibda tuman (shahar) hokimliklari zaxirasiga olinadi.
Viloyatdagi bozorlar va savdo komplekslari ma’muriyati tomonidan 2022 yilda undirib olinadigan bir martalik yig‘imlar, ijara to‘lovlari va ko‘rsatilgan xizmatlar qiymatining miqdorlari tarkibiga qo‘shilgan qiymat solig‘i ham kiritilganligi belgilanadi.
Mavzuga oid
11:20 / 22.06.2026
Bo‘stonliqda kanalga tushib ketgan ikki boladan birining jasadi topildi
21:23 / 20.06.2026
Qibrayda avtomobilda qizlarga uyatsiz harakat qilgan yigitlar 5 sutkaga qamaldi
16:47 / 19.06.2026
Toshkent viloyatida ekologiya mas’ullariga qat’iy choralar ko‘rildi
08:45 / 16.06.2026