Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniya ichki ishlar vaziri mamlakatda Telegram bloklanishi mumkinligini aytdi
O‘tgan yil yozida Germaniya adliya vazirligi Telegram maydonidagi shubhali kontentlar ustidan shikoyat qilish bo‘yicha aniq tartib yo‘qligi va servis ma’muriyati bilan muloqot o‘rnatib bo‘lmasligi borasida e’tiroz bildirgandi.
Foto: Carl Court/Getty Images
Germaniya ichki ishlar vaziri Nensi Fezer agar Telegram messenjerida ultrao‘nglar va kovid-cheklovlarga qarshilar mamlakat qonunlarini buzishda davom etadigan bo‘lsa, messenjer bloklanishi mumkinligini aytdi.
"Bloklash jiddiy qaror va oxirgi chora bo‘ladi. Ungacha boshqa imkoniyatlardan foydalanishga urinib ko‘ramiz", - dedi u.
Fezerning so‘zlariga ko‘ra, Germaniya rahbariyati Yevroittifoqning boshqa mamlakatlari bilan Telegram uchun muvofiqlashtirish choralarini joriy etishni muhokama qiladi.
O‘tgan yil yozida Germaniya adliya vazirligi Telegram maydonidagi shubhali kontentlar ustidan shikoyat qilish bo‘yicha aniq tartib yo‘qligi va servis ma’muriyati bilan muloqot o‘rnatib bo‘lmasligi borasida e’tiroz bildirgandi.
Berlin kompaniyadan Germaniya hukumati bilan hamkorlik qilish, noqonuniy kontentlarni o‘chirish va maxsus xizmatlarga zarur ma’lumotlarni taqdim etishni talab qilgan. Kompaniya ofisi bu talabga javob qaytarmagan.
Mavzuga oid
23:38 / 22.04.2026
Germaniya harbiy strategiyani qabul qildi va Rossiyani asosiy tahdid deb atadi
23:06 / 22.04.2026
Pavel Durovning Rossiyadagi kvartirasiga tergovga chaqiruv qog‘ozi keldi
18:52 / 21.04.2026
Rossiya Qozog‘iston neftini Yevropaga yetkazib berishni to‘xtatadi
08:50 / 15.04.2026