O‘zbekiston | 10:42 / 12.01.2022
4446
3 daqiqa o‘qiladi

Samarqand viloyatida 2021 yilda koronavirusdan 271 kishi vafot etgani, 233 ta tug‘uruq bo‘lgani ma’lum qilindi

2021 yilda Samarqand viloyatida koronavirusdan 271 kishi vafot etgan, 233 ta tug‘uruq bo‘lgan. Bu haqda Samarqand viloyati hokimi o‘rinbosari Xurshid Ochilov va viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Suhrob Zayniyev ishtirokida o‘tgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi.

Qayd etilishicha, Samarqand viloyatida 2021 yil davomida aholi tomonidan koronavirus yuqtirganlikda gumonlanib 18 606 ta murojaat bo‘lgan. Ulardan  16 013 nafari gospitalizatsiya qilingan. 

Shundan:

  • Homiladorlar — 841 nafar;
  • Bolalar — 126 nafar;
  • Boshqalar — 14 134 nafarni tashkil qilgan.

Gospitalizatsiya qilingan bemorlarning 11 233 nafarida COVID, 3 868 nafar bemorda pnevmoniya va boshqa kasalliklar aniqlangan.

Bemorlarga og‘irlik darajasiga ko‘ra:

  • 964 nafari o‘ta og‘ir;
  • 3058 nafari og‘ir;
  • 11 991 nafari o‘rta va qoniqarli ahvolda bo‘lgan.

Davolangan bemorlardan 271 nafari (1,6 foiz) vafot etgan. Koronavirusga chalingan 233 nafar homilador ayolning ko‘zi yorigan. Hozirgi kunda 1 ta 240 o‘rinli maxsus shifoxona faoliyat olib bormoqda.

Jami bemorlar soni 164 nafar, bo‘sh o‘rinlar soni 76 ta.

Koronavirus kasalligini davolashga mo‘ljallangan shifoxonalarda faoliyat yuritish uchun jami 6 071 nafar maxsus sertifikatga ega tibbiyot xodimlari tayyorlangan (shifokorlar – 2074 nafar, o‘rta tibbiyot xodimlari – 3577 nafar, kichik tibbiyot xodimlari – 420 nafar).

Bemorlarni davolash ishlariga jalb etish uchun 38 nafar vrach, 158 nafar hamshira va 38 nafar kichik tibbiy xodimlar zaxirasi shakllantirilgan.

6 ta 50 kublik kislorod ishlab chiqaruvchi zavodi bor (5 tasi SSV tomonidan berilgan, bitta viloyat hokimligi tomonidan berilgan).

3 ta 3 tonna hajmli kislorod saqlash va uzatuvchi moslama hamda 550 dona kislorod ballonlari bor.

95 ta CPAP, (“si-pap”), 105 ta o‘pkalarni sun’iy ventilyatsiya qilish apparati (IVL), 175 ta kislorod konsentratori, 56 ta kardiomonitor, 3 ta rentgen-apparati, 6 ta biokimyoviy analizator, 6 ta gematologik analizator, 1 ta KSHCHS apparatlari to‘la quvvatda ishlatilmoqda.

Samarqand shahridagi 4-son oilaviy poliklinika qoshida 24 soat ishlaydigan COVID-poliklinika tashkil qilingan. Ushbu poliklinikada PZR tahlili, rentgenografiya o‘tkazish, SOVID BOX tarqatish yo‘lga qo‘yilgan.

Aniqlangan bemorlarga shoshilinch va kechiktirib bo‘lmaydigan holatlarda tibbiy yordam ko‘rsatish uchun jami 304 ta shundan 283 ta umumtarmoq va 21 ta reanimatsion tez tibbiy yordam brigadalari faoliyat olib bormoqda.

Mavzuga oid