Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Avstraliya sog‘liqni saqlash vazirligi Jokovich Australian Open musobaqasida qatnashishi mumkinligini bildirdi
Yakshanba kuni Jokovichning Australian Open musobaqasida qatnashish-qatnashmasligi borasida qaror chiqariladi.
Avstraliya sog‘liqni saqlash vazirligi koronavirusga qarshi emlanmagan serbiyalik tennischi mamlakatga xavf solmasligini tasdiqladi. Bu haqda Serbiyaning RTS telekanali xabar berdi.
"Avval taqdim etilgan ma’lumotlarga asoslanib, Novak Jokovich koronavirus bo‘lib sog‘aygani va emlanmagan bo‘lishiga qaramasdan, u koronavirusdan bir necha oyga himoyalanganini bildiramiz", - deya Avstraliya sog‘liqni saqlash vazirligining mamlakat federal sudiga bergan xulosasidan iqtibos keltiradi telekanal.
Federal sud yakshanba kuni Jokovichning Australian Open musobaqasida qatnashish-qatnashmasligi borasida qaror chiqaradi.
Novak Jokovich Australian Open musobaqasining to‘qqiz karra va amaldagi g‘olibi hisoblanadi.
Mavzuga oid
23:04 / 05.07.2026
Jokovich matchlarda g‘alaba qozonish bo‘yicha Uimbldon rekordini o‘rnatdi
20:23 / 12.06.2026
D guruhi tanishtiruvi. Mezbon AQSh kimlar bilan o‘ynaydi?
22:52 / 29.03.2026
Yonilg‘i narxi oshgani sababli Avstraliyaning ikki shtatida jamoat transporti bepul bo‘ladi
12:00 / 24.03.2026