Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Davlat tilida ish yuritish” qo‘llanmasi qoraqalpoq tilida chop etildi
Foto: Davlat tilini rivojlantirish departamenti
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi huzuridagi Davlat tilini rivojlantirish departamentining buyurtmasiga binoan qoraqalpoq tilida tayyorlangan “Mámleketlik tilde is júrgiziw” (davlat tilida ish yuritish) amaliy qo‘llanmasi chop etildi. Bu haqda Vazirlar Kengashi huzuridagi Davlat tilini rivojlantirish departamenti xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, “Mámleketlik tilde is júrgiziw” (davlat tilida ish yuritish) amaliy qo‘llanmasi birinchi marta qoraqalpoq tilida nashrdan chiqqan. Ungacha qoraqalpoq tilida rasmiy hujjatlar uchun amaliy qo‘llanma bo‘lmagan.
Yangi kitob Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi hisobidan Toshkent shahrida 1000 nusxada chop etilgan.
Uni Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi Qoraqalpog‘iston hududiy bo‘linmasining tajribali professor-o‘qituvchilar nashrga tayyorlagan.
Ma’lumot uchun, qo‘llanma M.Aminov, A.Madvaliyev, N.Mahkamov, N.Mahmudov, Y.Odilov tomonidan tuzilgan «Davlat tilida ish yuritish» (2021) amaliy qo‘llanmasini va M.Davletov, Sh.Abdinazimovning «Qaraqalpaq tiliniń orfografiyalıq sózligi» (2020) imlo lug‘atini boshchilikka olib ishlab chiqilgan.
Mavzuga oid
11:02 / 21.01.2026
Toshkentda hind tilidagi reklama noqonuniy o‘rnatilgani aniqlandi
15:48 / 12.01.2026
Aeroport, vokzal va avtostansiya nomlari davlat tili qoidalariga moslashtiriladi
14:10 / 18.11.2025
O‘zbekistonda suv obektlarining davlat tilidagi ro‘yxati tasdiqlandi
07:55 / 26.10.2025