Xizmat mashinalaridagi registrator orqali qayd etilgan qoidabuzarliklar markazlashtirilgan tizimga joylashtiriladi
Vazirlar Mahkamasining “Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash sohasiga zamonaviy axborot texnologiyalarini keng joriy etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.
Ichki ishlar vazirligining yo‘llarda transport oqimini hisoblash, tirbandliklar oldini olish va qidiruvda bo‘lgan transport vositalarining harakatlanish yo‘nalishini aniqlash, transport vositalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni masofadan uzatish hamda harakatlanishini nazorat qilish imkoniyatini yaratuvchi “RFID” (Radio chastotani identifikatsiyalash texnologiyasi) tizimini (“RFID” tizimi) joriy etish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullanadi.
Shunday tartib o‘rnatiladiki, unga ko‘ra 2023 yilning ikkinchi choragiga qadar “RFID” tizimini joriy etish doirasida Toshkent shahar va Toshkent viloyati hududida ro‘yxatga olingan transport vositalari ularni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, qayta ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarini berish hamda ularni texnik ko‘rikdan o‘tkazishda “maxsus belgi bilan jihozlangan stiker”lar bilan bepul ta’minlanadi.
Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamda Milliy gvardiyasi:
- 2022 yil uchun ko‘zda tutilgan budjet mablag‘lari doirasida, tegishliligi bo‘yicha vazirlik va idoralarning budjetdan tashqari maxsus jamg‘armasi va boshqa taqiqlanmagan mablag‘lar hisobiga barcha xizmat avtotransport vositalarini videoregistratorlar bilan to‘liq jihozlaydi;
- xizmat avtotransport vositalariga o‘rnatilgan videoregistratorlar orqali qayd etilgan yo‘l harakati qoidabuzarlik holatlari to‘g‘risidagi videoyozuvlarni markazlashtirilgan tizimga (“jarima.uz” veb saytiga) joylashtirish choralarini ko‘radi;
- xizmat avtotransport vositalariga o‘rnatilgan videoregistratorlar orqali qayd etilgan huquqbuzarlik holatlari to‘g‘risidagi videoyozuvlarni qabul qilish va ko‘rib chiqish Vazirlar Mahkamasining “Yo‘l harakati xavfsizligi sohasidagi huquqbuzarliklarga qarshi kurashish samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2018 yil 20 sentyabrdagi 747-son qarorining ilovasiga muvofiq amalga oshiriladi.
Tavsiya etamiz
“Chorsu” mehmonxonasini buzish boshlandi. Bunga qancha vaqt ketadi?
O‘zbekiston | 19:03 / 18.01.2025
“Gullayotgan” avtofiribgarlik, sohadagi kuchli proteksionizm oqibati – mutaxassislar bilan suhbat
O‘zbekiston | 09:58 / 18.01.2025
Ijtimoiy kartalarni tarqatish boshlandi. U qanaqa karta va kimlarga beriladi?
O‘zbekiston | 23:36 / 17.01.2025
Isroil HAMAS bilan kelishuv matnini e’lon qildi
Jahon | 22:06 / 17.01.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Rossiyada yashash uchun ruxsatnoma olganlarning haydovchilik guvohnomalari 1 yil amal qiladi
Jahon | 18:37
-
Britaniyada kayfiyatni yaxshilashga yordam beradigan miya implantati yaratildi
Fan-texnika | 18:29
-
Bandlik vaziriga birinchi o‘rinbosar tayinlandi
O‘zbekiston | 18:24
-
Ochiqlik talablarini bajarmagani uchun 2024 yilda 5 nafar mansabdor jarimaga tortildi
O‘zbekiston | 18:17
Mavzuga oid
16:28 / 20.11.2023
50 marta kamera va radarlarga tushgan qoidabuzar jarima bayonnomalarini kolleksiya qilmoqda
19:45 / 23.10.2023
Fuqaro «yemagan somsasi»ga pul to‘ladi: u topshirgan avtoraqamda turli mashinalarda qoidabuzarliklar sodir etilgan
22:56 / 12.09.2023
Avtomobil egasi kamera tomonidan qayd etilgan barcha qoidabuzarlik uchun javobgar bo‘lmaydi - qonun loyihasi
07:32 / 16.08.2023