Unda uşbu haydovçi yöl harakati qoidalarini buzganligi uçun jarima bayonnomalarini kolleksiya qilayotganini bildirgan. "Kolleksiya yiğişni yoqtiraman", deydi u.
Yoş haydovçi 70 foiz qoidabuzarlikni tezlikni oşirgani, 20 foizini qizil çiroqdan ötib ketgani, qolgan jarimalar himoya kamarini taqmagani hamda mumkin bölmagan joyda töxtagani uçun qöllangan.
"Maşinani olgan kunimning özida 3 ta radarga tuşganman. Keyin har kuni sekin-sekin jarimalar kelişni boşlagan. Xat kelarkan, çiroyli konvertda, rasmlari bor, keyin kolleksiya yiğişga ötdim, töplab maşinamda olib yuraman. Har körganimda özimga motivatsiya böladi", deydi haydovçi.
Lavhada aytilişiça, u salkam 40 million sömlik jarimalarga tortilgan. Tölagan eng katta jarimasi miqdori — 2 mln 970 ming söm.

















