Jahon | 20:23 / 19.01.2022
6627
1 daqiqa o‘qiladi

Buyuk Britaniyada niqob taqish va boshqa cheklov choralari bekor qilinadi

Boris Jonsonning so‘zlariga ko‘ra, hukumat koronavirus sharoitida keskin cheklovlarsiz hayot kechirish dasturini tayyorlamoqda.

Foto: Reuters

Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson Angliyada koronavirusning omikron shtammiga qarshi kurashish maqsadida joriy etilgan qator choralar bekor qilinishini aytdi

Jumladan, hukumat jamoat joylarida niqob taqish va ommaviy tadbirlarda vaksinatsiya pasportini ko‘rsatish talabini bekor qiladi.

Ayrim choralar, masalan, maktab o‘quvchilaridan darslarda niqob taqish talabi ertadan boshlab to‘xtatiladi, boshqa ko‘plab cheklovlar esa kelasi chorshanbadan bekor qilinadi. Bundan tashqari, odamlarga masofadan ishlash tavsiya etilmaydi.

Jonson tez vaqt ichida koronavirus yuqtirganlardan o‘zini izolyatsiya qilish talabi bekor qilinishini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, hukumat koronavirus sharoitida keskin cheklovlarsiz hayot kechirish dasturini tayyorlamoqda.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid