Samarqandda YPX xodimi xizmat mashinasi bilan fuqaroga tegishli “Lacetti”ning orqasidan urdi
Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyatida YPX xodimi o‘z boshqaruvida bo‘lgan “Lacetti” xizmat mashinasi bilan fuqaroga tegishli “Lacetti”ning orqasidan urgani tasvirlangan video tarqaldi.
Videoda haydovchi YPX xodimi katta tezlikda harakatlanib kelib, old chiroqlar bilan ishora bergani, so‘ng to‘qnashuv sodir etganini aytgan. Holat yuzasidan viloyat IIB YHXB axborot xizmati munosabat bildirdi. Unga ko‘ra, hodisa 2021 yil noyabr oyida sodir bo‘lgan.
Munosabatda ma’lum qilinishicha, 2021 yil 11 noyabr kuni soat 11:00 larda M-37 xalqaro avtomobil yo‘lining Oqdaryo tumani Mustaqillik mahallasi hududidan o‘tgan 16-kilometrida YPX xizmat mashinasi fuqarolardan birining mashinasi bilan to‘qnashib, yo‘l-transport hodisasi sodir etgan.
Samarqand viloyati IIB YHXB inspektori kichik serjant A.Abdulxayrov o‘ziga xizmat yuzasidan biriktirilgan davlat raqami 30 721 VSF bo‘lgan “Lacetti” mashinasi bilan harakatlanayotib, o‘zidan oldinda ketayotgan Oqdaryo tumani Qorateri mahallasida yashovchi, 1988 yilda tug‘ilgan X.S. boshqaruvidagi davlat raqami 30 Ye 666 WA bo‘lgan “Lacetti” mashinasining orqa o‘ng yon tomoniga urilgan.
Qayd etilishicha, mazkur yo‘l-transport hodisasi oqibatida hech kim tan jarohati olmagan. Faqat har ikkala mashinaga zarar yetgan. Hodisa tegishli tartibda rasmiylashtirilgan.
Viloyat IIB YHXB axborot xizmatining munosabatida mazkur yo‘l-transport hodisasi kimning aybi bilan sodir etilgani, mabodo IIB YHXB xodimining xatosi tufayli sodir etilgan bo‘lsa, fuqaroning mashinasiga yetkazilgan zarar to‘lab berilgan yoki berilmagani ochiqlanmagan.
Mavzuga oid
13:49 / 14.11.2024
Samarqandda o‘quvchi avtobus urib yuborishi oqibatida halok bo‘ldi
09:28 / 08.11.2024
Samarqandga 100 ta elektrobus olib kelinadi
10:53 / 07.11.2024
Misr Samarqand viloyati tuman va shaharlarida suv ta’minoti tizimini modernizatsiya qilishi mumkin
21:44 / 01.11.2024