2021 yilda qaysi hududda eng ko‘p ajrashish qayd etilgani ma’lum bo‘ldi
2021 yilda 39 227 ta nikohdan ajrashish holatlari qayd etilgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, har 1000 aholiga nisbatan nikohdan ajrashish koeffitsiyenti bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich Toshkent shahrida (2,0 promille) va Sirdaryo viloyatida (1,6 promille) kuzatildi.
2021 yilda respublika hududlari bo‘yicha qayd etilgan nikohdan ajrashish holatlari soni eng ko‘p Toshkent shahrida kuzatildi – 5571 ta holat.
Keyingi o‘rinlardan 4285 ta nikohdan ajrashish holati qayd etilgan Farg‘ona viloyati va 4149 ta nikohdan ajrashish holati kuzatilgan Samarqand viloyati joy oldi.
Respublikaning boshqa hududlari bo‘yicha qayd etilgan nikohdan ajrashish holatlari soni quyidagicha ko‘rinish oldi:
- Toshkent viloyati – 4067 ta;
- Andijon viloyati – 3931 ta;
- Namangan viloyati – 3153 ta;
- Qashqadaryo viloyati – 2867 ta;
- Surxondaryo viloyati – 2264 ta;
- Buxoro viloyati – 2080 ta;
- Xorazm viloyati – 1504 ta;
- Qoraqalpog‘iston R. – 1442 ta;
- Sirdaryo viloyati – 1411 ta;
- Jizzax viloyati – 1279 ta;
- Navoiy viloyati – 1224 ta.
Mavzuga oid
10:56
2024 yil 11 oyda qancha yengil avtomobil ishlab chiqarilgani ma’lum qilindi
08:10 / 10.12.2024
O‘zbekistonda doimiy aholi soni 37,5 mlndan oshdi
16:51 / 09.12.2024
Rossiyada 2024 yildagi mehnat migrantining o‘rtacha statistik portreti tuzildi
10:13 / 03.12.2024