Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniya kansleri Baydenning Ukrainadagi vaziyatni muhokama qilish uchun uchrashish taklifini rad etdi
Qayd etilishicha, Olaf Shols bandligini va e’tiborini mamlakatda COVID-19’ga qarshi kurashga qaratganini bildirgan.
Germaniya kansleri Olaf Shols AQSh prezidenti Jo Baydenning Ukrainadagi vaziyatni muhokama qilish uchun uchrashish to‘g‘risidagi taklifini rad etdi, deb xabar berdi Der Spiegel nashri.
Ta’kidlanishicha, Shols bandligini va e’tiborini mamlakatda COVID-19’ga qarshi kurashga qaratganini bildirgan.
Nashr ma’lumotiga ko‘ra, tomonlar uchrashuvni keyinroq o‘tkazishga kelishishgan.
Reuters agentligi esa Shols 25 yanvar kuni Fransiya prezidenti Emmanuel Makron bilan uchrashishni rejalashtirgani haqida yozmoqda.
Tomonlar uchrashuv davomida iqtisodiyot, iqlim o‘zgarishi hamda Germaniyaning 2022 yilda G7ga raislik qilishi masalalarini muhokama qilishlari ko‘zda tutilgan.