09:55 / 26.01.2022
5215

O‘zbekiston mobil telefonlarni asosan Xitoydan import qilmoqda

O‘zbekiston 16 ta davlatdan mobil telefonlar import qilgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumot berdi.

Qo‘mita xabariga ko‘ra, O‘zbekiston 2021 yilda xorijdan qiymati 203,1 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan qariyb 3 mln dona mobil telefon import qilgan.

Qayd etilishicha, telefon importi 2020 yilga nisbatan solishtirilganda 1,7 mln donaga oshgan. O‘zbekiston 16 ta davlatdan mobil telefonlar import qilgan. 
 
O‘zbekiston mobil telefonlarni eng ko‘p import qilgan davlatlar orasida Xitoy yetakchilik qilmoqda – 102,4 mln dollar.

Keyingi o‘rinlarda 80,7 mln dollarlik telefon import qilingan Vetnam va 11,9 mln dollarlik telefon olib kirilgan Hindiston bormoqda.

Shuningdek, ushbu ko‘rsatkich qolgan davlatlar kesimida quyidagicha ko‘rinish oldi:

  • Qozog‘iston – 5,3 mln;
  • BAA – 1,9 mln;
  • Germaniya – 647 ming;
  • Rossiya – 176 ming AQSh dollari.
Top