Röyxatga olişning dastlabki natijalari Özbekiston aholisi soni 39 047 321 nafar ekanini körsatdi. Bu haqda Milliy statistika qömitasi raisi Behzod Hamroyev ma’lum qildi.

Röyxatga oliş natijasidagi aholi soni rasmiy statistikadan 810,6 ming nafarga farq qilmoqda.

  • Özbekiston aholisi soni oxirgi marta röyxatga oliş ötkazilgan 1989 yildagi röyxatga oliş natijalariga nisbatan 2 barobarga oşgan.

Aholining 54,5 foizi şaharlarda, 45,5 foizi qişloq joylarda yaşamoqda.

Röyxatga olişda aholining 97,3 foizi qamrab olindi

Qayd etilişiça, aholini röyxatga olişda umumiy aholining 97,3 foizi röyxatga olingan.

Aholining 2,7 foizi esa turli sabablarga köra röyxatga oliş jarayonlarida iştirok etmagan.

Ta’kidlanişiça, mazkur körsatkiç xalqaro me’yorlar böyiça normal holat hisoblanadi. Ayrim davlatlar tajribasida röyxatga oliş jarayonida qamrab olinmagan aholi uluşi 10 foiz va undan yuqori bölgan holatlar ham kuzatilgan.

Röyxatga oliş xarajati

Dastlabki hisob-kitoblarga köra, bir nafar aholini röyxatga oliş uçun sarflangan xarajat 0,12 AQŞ dollarini taşkil etgan.

Statqöm izohiga köra, mazkur körsatkiç röyxatga oliş jarayonini taşkil etişda raqamli texnologiyalardan samarali foydalanilgani hamda taşkiliy xarajatlar maqbullaştirilganini körsatadi.

Eslatib ötamiz, aholi va qişloq xöjaligini röyxatga oliş 2026 yil yanvar-fevral oylarida bölib ötgan edi.