Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yangi tahrirdagi Ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi kodeks birinchi o‘qishda qabul qilindi
Bugun, 26 yanvar kuni bo‘lib o‘tgan Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi yalpi majlisida «O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi kodeksini tasdiqlash haqida»gi qonun loyihasi birinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi va qabul qilindi.
Ma’lum qilinishicha, mazkur hujjat bilan kodeksning nomlanishi uning tartibga solish predmeti va xorijiy tajribadan kelib chiqib, «Ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi kodeks» deb o‘zgartirilmoqda.
«Shuningdek, ma’nan eskirgan, amalda o‘z ahamiyatini yo‘qotgan yoki fuqarolik va boshqa qonun hujjatlari bilan tartibga solinadigan 33 ta ma’muriy huquqbuzarlik kodeksdan chiqarilmoqda. Obektiv ehtiyojdan kelib chiqib, 12 ta yangi turdagi huquqbuzarlik uchun ma’muriy javobgarlik belgilanmoqda», - deyiladi quyi palata xabarida.
Shuningdek, ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etish quroli hisoblangan ashyoni haqini to‘lash sharti bilan olib qo‘yish jazosi - ma’muriy jazo tizimidan chiqarilyapti.
Korrupsiya holatlariga imkon beruvchi omillarni bartaraf etish maqsadida huquqbuzarlik sodir etilgan joyning o‘zida naqd pulda jarima undirish tartibi ham bekor qilinmoqda.
Qonun loyihasi bilan qat’iy ma’muriy jarimalar qayta ko‘rib chiqilib, ularning minimal va maksimal miqdori belgilanmoqda hamda Ma’muriy huquqbuzarliklarni soddalashtirilgan tartibda ko‘rib chiqish instituti joriy etilishi ko‘zda tutilmoqda.
Avvalroq, Ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi yangi kodeks loyihasidan fuqarolarning jamoat joylarida ibodat liboslarida yurishi bo‘yicha belgilangan jazo olib tashlanayotgani xabar berilgan edi.
Mavzuga oid
18:24 / 08.04.2026
Senat yalpi majlisida shaharsozlik, yo‘l infratuzilmasi va riyeltorlikka oid muhim qonunlar ma’qullandi
22:27 / 07.04.2026
Davlat organi yoki mansabdor shaxsning noqonuniy qarori tufayli yetkazilgan zararni qoplash tartibi belgilanadi
21:18 / 07.04.2026
Avtomobil yo‘llarida sun’iy to‘siq va notekislik yaratish taqiqlanishi mumkin
18:28 / 07.04.2026