Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Ayollar daftari» orqali xotin-qizlar muammolarini hal etish tizimi takomillashtiriladi
Vazirlar Mahkamasining “Ayollar daftari”ni yuritish orqali xotin-qizlar muammolarini o‘rganish va hal etish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.
“Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish maqsadida tuman va shaharlarda “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tashkil etilgan.
Quyidagilar:
a) “Ayollar daftari”ni shakllantirish, “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlarini moliyalashtirish, “Ayollar daftari”dan chiqarish tartibi, “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan chora-tadbirlar ijrosi monitoringini nazarda tutuvchi “Ayollar daftari”ni yuritish orqali xotin-qizlar muammolarini tizimli ravishda hal etish va ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida nizom;
b) “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari xarajatlarini moliyalashtirishni nazarda tutuvchi “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi to‘g‘risida namunaviy nizom;
v) “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarga tadbirkorlik faoliyatini boshlash va o‘zini o‘zi band qilish uchun kerak bo‘lgan asbob-uskuna, mehnat qurollari xarid qilish uchun subsidiya ajratish tartibi tasdiqlanadi.
Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi Moliya vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, tegishli vazirliklar va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda ushbu qarorda nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirishda “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar bo‘yicha quyidagi asosiy yo‘nalishlarga alohida e’tibor qaratadi:
- bandlikni ta’minlash;
- tomorqadan daromad manbai sifatida foydalanish uchun ko‘maklashish;
- tadbirkorlikka jalb qilish;
- moddiy yordam ko‘rsatish;
- turar joy ijarasi uchun kompensatsiya to‘lash, ijtimoiy uylarga joylashtirish;
- tibbiy, huquqiy va psixologik yordam ko‘rsatish.
Belgilanishicha, “Ayollar daftari” jamg‘armasi mablag‘lari quyidagi manbalar hisobidan shakllantiriladi: Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar, shuningdek, tumanlar (shaharlar) mahalliy budjetlari prognozining ortiqcha bajarilgan qismining kamida 15 foizi miqdorida har chorakda ajratiladigan mablag‘lar.
“Ayollar daftari” jamg‘armasi mablag‘larining shakllanishi
va sarflanishi o‘rnatilgan tartibda Moliya vazirligi Davlat moliyaviy nazorati departamenti tomonidan nazorat qilib boriladi.
Mavzuga oid
20:33 / 30.07.2024
Quyi Chirchiq tuman hokimi o‘rinbosari jinoiy javobgarlikka tortildi
10:26 / 03.07.2024
O‘zbekistonda 6 oyda qancha oila yarashtirilgani ma’lum qilindi
16:50 / 24.06.2024
Senat raisi “Rahbar ayollar maktabi” tinglovchilari bilan uchrashdi
10:42 / 02.06.2024