Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Namangan shahrida o‘qituvchilarning malaka toifalarini olib berishni va’da qilgan metodist ushlandi
U bir nechta o‘qituvchi ishonchiga kirib, tanishlari orqali malaka toifalarini olib berish evaziga pul talab qilgan.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning xabar berishicha, Namangan shahar Xalq ta’limi bo‘limi bosh inspektor-metodisti O.D. maktab o‘qituvchilari N.R. va M.N.ning ishonchiga kirib, ularga tanishlari orqali 1 va 2 malaka toifalarini olib berish evaziga 500 AQSh dollari va 3,8 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.