Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda Qirg‘izistonga tegishli mashina urib yuborgan piyoda vafot etdi
Samarqand viloyati Oqdaryo tumanida qirg‘izistonlik haydovchi boshqaruvida bo‘lgan mashina piyodani urib yuborgan. Oqibatda piyoda shifoxonada vafot etgan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, 2022 yil 23 fevral kuni M-37 Samarqand-Buxoro-Turkmanboshi avtomobil yo‘lining Oqdaryo tumani hududidan o‘tgan qismida odam o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
Toshkent-Buxoro yo‘nalishida harakatlanib ketayotgan Qirg‘iziston Respublikasi boshqaruvida bo‘lgan Volvo mashinasi ko‘chani kesib o‘tayotgan piyodani urib yuborgan. Oqibatda, piyoda og‘ir tan jarohatlari olib, shifoxonada vafot etgan.
Qayd etilishicha, viloyat IIB YHXB xodimlari tomonidan Oqdaryo tumanida mazkur YTH yuzasidan muhokama o‘tkazilgan. Unda haydovchilar va fuqarolarga yo‘llarda ehtiyot bo‘lib harakatlanish uqtirilgan.
Mavzuga oid
13:45 / 05.04.2026
Jizzaxda YTH oqibatida 5 kishi halok bo‘ldi
21:12 / 29.03.2026
Toshkentda birdaniga 8 ta avtomobil ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘ldi
11:08 / 04.03.2026
Yo‘l bezoriligini targ‘ib qiluvchi akkauntlar bloklanadi - Rustam Jo‘rayev
09:20 / 04.03.2026