O‘zbekiston | 11:11 / 31.01.2022
8624
1 daqiqa o‘qiladi

Hafta davomida asosan quruq va o‘rtacha iliq ob-havo kutilmoqda - «O‘zgidromet»

Foto: Kun.uz

Ushbu hafta davomida O‘zbekiston bo‘yicha ob-havoning keskin o‘zgarishi kutilmaydi. Bu haqda “O‘zgidromet” xabar bermoqda.

31 yanvar va 1-4 fevral kunlarida respublika hududi bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 2 fevralda janubiy hududlarda biroz yomg‘ir yog‘adi.

Kechasi va ertalab ba’zi joylarga tuman tushishi kuzatiladi. Shamol asosan kuchsiz bo‘ladi.

Kechalari harorat 0-5 daraja iliq atrofida, ba’zi joylarda 2 daraja sovuqqacha, shimolda hafta boshida 4 daraja sovuqqacha bo‘ladi.

Dushanbadan payshanbagacha kunduz kunlari 5-10 daraja iliq atrofida, ba’zi joylarda 12 daraja iliqqacha bo‘ladi.

Juma kuni yer bosimining keskin pasayishi boshlanadi va harorat 11-14 daraja iliqqacha, janubda 15-17 daraja iliqqacha ko‘tariladi. Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.

Mavzuga oid